Idollik oson emas. Har kuni kamera qarshisida soatlab oʻtirish, raqs mashqlari sabab jismoniy charchoq, yetmaganiga bemalol sayr ham qilolmaysiz. Muhlislar tanib qolishsa urdi Xudo. Yana soatlab suratga tushishingiz kerak.
Tigʻiz ish jadvalidan soʻng Jungkook qora niqobini taqdi. Boshiga kepka va uning ustidan hudiyning kapishonini kiydi. Kuz va havo biroz salqin edi. Osmon gʻuborlanib qoraya boshladi. Jungkook qulogʻiga beats naushnigini taqqancha daryo boʻyida sayr qilardi. Tush vaqti hamma ishda boʻladi. Ayniqsa hozir havo bulutli boʻlgani uchun Han daryosi qirgʻogʻida deyarli odam yoʻq edi. Jungkook sekin odimlab koʻprik tomon yurdi. Avvaliga boʻm boʻsh koʻringan koʻprikda bir odam turardi. Huddi Jungkook dek hudiy kiygan va kapishonini boshiga bostirib olgan. Jungkook uni oʻgʻil bola deb tahmin qildi. Ammo uning turishi xavfli edi. Bola koʻprik tutqichiga juda yaqin turardi. Jungkook qoʻrqa boshladi: nahotki oʻzini oʻldirmoqchi.
Jungkook unga biroz yaqin bordi va qoʻrqitmasmik uchun orqaroqda toʻxtadi
Jk: bu ishing yaxshi emas hoy. Oʻlim hech narsaga yechim boʻlolmaydi. Muammoyingni ayt men eshitaman seni. Balki qoʻlimdan biror yordam berish kelar. Ammo bunday qilma. Hayot oʻlish uchun berilmagan.
Mina odamlar kam joyni juda yaxshi koʻradi. Han daryosida odatda odam juda koʻp boʻlardi, ammo bugungi ob havo sababli u yer tinch edi. U kapishonini boshiga kiygancha qulogʻiga quloqchin taqib koʻprik ustida sayr qilib yurgandi. Birdan daryo tarafdan mayin shamol esdi va yuzini shamolga burdi. U koʻzlarini yumgancha quloqchindan taralayotgan musiqaga va yuziga urilayotgan shamolga mast boʻlgandi. Qoʻllarini yoyib koʻksini keng ochgancha hayol surardi. Quloqchindagi ashula balandligidan yoniga kelgan odamni payqamay qolgandi. Ahir koʻzlarini yumgancha shamolni his qilardi.
Jungkook unga tinmay maslahat bera boshladi, ammo yonida turgan odam uni goʻyo eshitmasdi. Mina ashula ritmiga mos tebrana boshladi. Esayotgan shamol esa uning ortidan kiyimlarini toʻsiq tomon uchirardi. Bir qarashda goʻyo bola oʻzini koʻprikdan tashlamoqchidek koʻrinardi. Jungkook buni koʻrib qoʻrqib ketti va tez kelib Minaning qoʻllaridan tortdi. Musiqa tasirida yonida turgan yigitni sezmay qolgan Mina birdan qilingan qoʻpol harakatdan yuragi yorilgudek qoʻrqib ketti. U baqirib yubordi
Mina: hoooo aysh shibal manyakmisan. Nima istaysan mendan yamas oʻgʻri. Meni pulim yoʻq. Jin ursin.
Jungkook esankirab qoldi. Birinchidan uni oʻgʻil bola deb oʻylagandi. Ammo qattiq qoʻlidan tortgani uchun silkinib boshidagi kapishoni yechilgach uning uzun qahva rang sochlari yoyilib ketgandi. Buning ustiga Jungkook unga yordam bermoqchi edi ammo qiz uni soʻkib haqorat qila boshlagandi.
Jk:hoy tinchlan men oʻgʻri ham manyak ham emasman. Men seni qutqarmoqchi edim. Nega oʻzingni oʻldirmoqchisan
Mina: nima😏😡 sen jinnimisan? Men nega oʻzimni oʻldiraman. Esingni yeganmisan. Men musiqa tinglayotgandim ahmooooq😤😤😤
Jk:bas qil qanaqa qizsan. Soʻkinishiga oʻlaymi buni. Rahmat aytish oʻrniga...
Jk:nega senga rahmat aytaman telba. Yuragimni yorib oʻldirmoqchi boʻlganing uchun rahmat aytaymi ahhhhhhh yaramas. 😤😤😤
Shu payt osmon bir gumburladiyu yomgʻir sharroz quya boshladi. Ikkisi ham baqirishdan bir zumda toʻxtab yelkalarini qisdilar. Jungkook qizning qoʻlini qattiq ushladi va koʻprik tagiga yugura boshladi. Shiddatli yomgʻir ikkisini ham shalabbo qilib ulgurgandi. Mina battar jahl qilardi
Mina:qoʻyvor deyapman senga meni nima qilasan hoy qoʻyvor manyak
Koʻprik tagiga tushishgach Jungkook Minaning qoʻlini siltab yubordi
Jk: buncha baqirasan. Qulogʻim qomatga keldiku. E Xudo. Men manyak emasman. Nima shalabbo boʻlishni, kasal boʻlib kasalxonaga tushishni istaysanmi. Yomgʻirni qara. Men emas sen telba ekansanku. Buncha asabiysan.
Mina:kasal boʻlamanmi , oʻlamanmi senga nima. Jinnimisan sen. Kimsan oʻzi menga mehribonlik qilasan aaa
Kiyimlarini qoqib jahl bilan yigitga qaradi va qotib qoldi. Qarshisida dunyo yulduzi, sevimli jamoasining golden maknaeyi Jungkook turardi.
Mina: 😱😱😱😱 omg 😳😳😳 yo Xudo sen...ss.siz Jungkookmisiz rostdan Jkmisiz
Mira oʻzini chimdiladi va
Mina: ahhh ogʻridi bu tush emas. Yo Xudoooo😱😱😱😱
Jungkook uning holatidan miriqib kulardi.
Jk: umrimda sendaqa armyni koʻrmagandim. Bopladingku men hatto army ekanligingga shubha qilyapman. Bunaqa baqirishni Jin hyungdan oʻrganganmisan🤣🤣🤣
Mina darhol atrofga qaradi. U uchun sevimli idolining xavfsizligi birinchi oʻrinda edi. Havotirlanib gapira boshladi
Mina: Jungkookssi yaxshimisiz. Niqobingizni koʻtaring iltimos. Kimdur koʻrsa yaxshi boʻlmaydi
Jungkook yana hayratda edi. Qiz undan suratga tushishni soʻramadi, videoga olmadi. Uning birinchi savoli esa "yaxshimisiz" edi.
Jk: sen qanaqa qizsan oʻzi aaa🤣😊 men bilan rasmga tushishni istamaysanmi
Mina: istayman albatta ammo ..... Men bu vaqtni rasmga tushish bilan zoye ketkazishni, sizni hafa qilishni istamayman. Menga miyamda va koʻz oʻngimda qolgan xotiralarim yetadi. 🙂
Jk: gʻalati qiz ekansan. Kel men sen bilan rasmga tushaman. Bu mening vaqtim hisobidan boʻla qolsin😄😀.
Mina quloqlariga ishonmasdi. Ular birga suratga tushdilar va birdan Minaning telefoni jiringladi. Qiz shoshib telefonga qaradi. Dadam degan yozuv turardi. U shoshib koʻtardi
- eshitaman dadajon. Ha hozirmi. Biroz kutolmaysizmi.😔😔😔 Yaxshi 5 daqiqada yoningizda boʻlaman.
Mina homush Jungkookga qaradi.
Mina: janob men ketishim kerak. Afsusdaman.😔 Siz bilan koʻrishish men uchun sharaf edi. Iltimos tarbiyasizligimni kechiring. Men sizlarning ashaddiy muhlisingizman. Va ..va iltimos Namjoonssiga salom ayta olasizmi . U mening biasim. Omon boʻling Jungkookssi. Sizni koʻrganimdan juda xursandman.
Mina kapishonini qaytib kiydida yugurib ketib qoldi. Jungkook yuzida tabassum bilan qizga qarab qoldi
Jk: hh biasim Namjoon dedimi. Chindan ham gʻalati qiz ekan.
U oldinga qadam tashladi va oyogʻi tagida qattiq narsani his qilib toʻxtadi. Yerda qizning hamyoni yotardi. Yigit egilib hamyonni oldi va ichini ochdi. Qizning pasporti va bir qancha pul bor edi. Pasportni olib unga qaradi. Boya unga manyak deb baqirayotgan qiz muloyimgina nim tabassum qilib turardi. Ismiga eʼtibor berdi Oisha.
Jk: iye bu koreys emasmi. Ha jin ursin. Buncha zoʻr gapiradi koreys tilida, qoyil. Jungkook tezda qiz ketgan tarafga yugurdi ammo allaqachon qiz ketib boʻlgandi. Hamyonni choʻntagiga solib studiyaga ketdi.
Studiyaga kirganda Jungkookning usti shalabbo boʻlgandi. Suhbatlashib oʻtirgan akalarining barchasi duv etib Jungkookga qarashdi
Jimin: it quvdimi nima balo hansirab yuripsan
V: itni bilmadimu bu choʻmilishga erinib yomgʻirga chiqqanmi deyman. Bu nima ahvol Jungkook
Jk: eh nima boʻlganini aytsam kulgudan oʻlib qolsizlar.
U sekin divanga oʻtirmoqchi boʻlganda
RM: iiiii toʻxta bu ahvolda oʻtirma iltimos divanni rasvo qilasan uka. Bor kiyimingni almashtirib kel
Jin: u nimanidir aytmoqchi edi Namjoon nega bunaqa qilasan
RM: aytaveradi hyung avval hoʻl kiyimlarini yechsin, shamollab qolsa yana bir dard.
Jungkook tezda kiyimlarini almashtirib chiqdi va divanga oʻzini otdi
Jk: huh rossa charchadim
Hobi:xoʻsh nima aytmoqchi eding
Jk:koʻprikka bordim
Suga:nima😳 nega
Jk: zerikdim. Hyung gapimni boʻlmay eshitsangizchi😄. Xullas u yerda bitta qizni koʻrdim
Jimin: gapni shundan boshlash kerak edi xoʻsh😜
RM:e Xudo🤦
Jk: ahir boʻlmasdan eshiting dedim😂🙈. Men uni ortidan koʻrib oʻgʻil bola deb oʻylabman
Hobi:nima😱
Jk:ha ha nazdimda u huddi oʻzini koʻprikdan tashlab oʻldirmoqchi edi. Keyin ortidan sekin borib nasihat qilishni boshladim
V: senmi😂😂😂😜😜😜 ishqlib orqasidan itarib yubormadingmi
Jk: eee hyung🤣 u boʻlsa meni eshitmay qimirlashni boshladi. Men qoʻrqib shartda qoʻlidan tortdim u palakat qiz bola ekan. Menga qarab ha shibal manyak deb baqirib ketsa boʻladimi
Hobi:🤣😀😄😜😂🤣😅😆😁 voy Xudooo oʻlib qolaman hozir🤣🤣🤣 seni manyak dedimi
Jk: ha juda gʻalati qiz ekan.
V:senga doim gʻalatilar uchraydi Jungkook
Suga: rostdanam nega bunaqasan uka. Qayerda palakat boʻlsa oʻsha yerda sensan😆 bechorani oʻtakasi yorilib ketgandur qoʻrqqanidan
Jk: boringge 😜 uning biasi Namjoon hyung ekan
Jimin: hooo😱 biasini ham bildingmi u army ekanmi🫣 sen chatoqsan Kookie. Xoʻsh davom etchi. Ismi nima ekan
Jk: ismi ajoyib Aisha yoʻq Oisha ha shunday. U koreys emas. Lekin koreys tilida gapirishni ayniqsa soʻkinishni yorvorarkan😂😂. Hamyoni tushib qolipti. Shoshib ketib qoldi.
V: u chiroylimi
Jk: ha😊
Jin: endi oʻylab siqilib yuradi bu, shunday qizni qoʻldan chiqardim deb🤣🤣🤣
Jk: hyung bas qiling
Hobi: nima yolgʻonmi. Bizni maknae chatoq chiqdi. Akalaridan oldin qiz topmoqchi
Jk: unday emas hyung. U shunchaki yoʻlimdan chiqdi😀
RM: hamyonni qanday qaytarmoqchisan endi
Jk: anqov boʻlmasa😜 hamyoni yoʻqolganini bilib ertaga qidirishga keladi
RM: sen yana bormoqchimisan Jk bu xavfli.
Jk: hyung qanday qaytaray matbuotga eʼlon beraymi. Unda bundanam havfli boʻladi
Jin: 🤣🤣🤣 bts aʼzosi Jungkook sevgilisini izlamoqda deyishadi. Qarabsanki bizning armylar u qizni topib oʻldirib yuborishadi🤣🤦 kamida bu
V: iye🤣 oʻlim bu kamida boʻlsa koʻpi nima hyung
Butun guruh:🤣🤣🤣🤣
Jk: koʻprik tagida biroz kutaman, kelmasa qaytaman. Havotir olmang yonimda menejerim boʻladi
RM:😳😳😳
Jk: mashinada oʻtiraman. Boʻldimi. Maylimi
RM: yaxshi faqat juda ehtiyot boʻl.
Hobi: hoy bu hamyon topshirish ertangi ish. Qani hammang turchi. Hali raqsni oxirigacha oʻrganmadik.
Hobi barchani turtkilab mashgʻulotga undadi.
Ertasi kuni ertalabdan Jungkook yana oʻsha qop qora stilda mashinaga oʻtirib koʻprik tagiga bordi. Erta tongdan u Minani kutardi. Yonida menejeri ham bor.
Ular 2 soatdan koʻproq oʻtirdilar ammo hech kim kelmasdi.
Menejer:Jungkook balki ketarmiz. Hech kim kelmadiku
Jk: yana biroz kutaylik. Ahir ichida pasporti bor albatta qidirib keladi.
10 daqiqa oʻtib bir sharpa kapishonini bostirgancha yerga qarab yura boshladi. Goʻyo nimadur yoʻqotgandek koʻzlari bilan yerni tintardi.
Jungkook uni darrov tanidi. Menejeriga ana u deb ishora qildi va niqobini taqib bosh kiyimini kiydida mashinadan tushdi. Qiz tomon tez-tez yura boshladi
Jk: Oisha ! Ha shunday. Nimadur izlayapsanmi
Tanish ovoz ismini aytganini eshitib qiz tezda ortiga oʻgirildi. Jungkook qizning hamyonini koʻtarib turardi
Mina: ho😱 uni siz topib oldizmi Jungkookssi
Jk:ha kecha shoshib tushurib qoʻyipsan
Mina:katta rahmat sizga. Ichida pasportim bor edi.
Jk: ikki shart bilan qaytarib beraman
1. Boshqa hech qachon soʻkinma😅
2. Menga raqamingni berasanmi
Mina:aaa😳 sizga raqamimni beraymi? Bu hazil emasmi
Jk:balki tushdir oʻzingni chimdilab koʻrmaysanmi🤣🤣🤣
Mina:ustimdan kulmang. Bugun soat 7 da reysim bor qaytib ketishim kerak.
Jk:nima 😳 ketasanmi. Yana kelasanmi
Mina: kelishimni xohlaysizmi😊
Jk:..........
Mina: gʻalati savol berdim. Mening ismim Oisha. Ammo koreyada meni Mina deb chaqirishadi. Men bu yerga tez-tez kelib turaman. Dadamning va oʻzimning ishlarim sabab.
Jk: qanday ish deb soʻrasam aytasanmi
Mina: ha albatta. Men formatsefrman . Koreya dori korxonalari bilan hamkorlikda dorilar ishlab chiqaramiz. Bu safar ham ilmiy seminar sabab kelgandik. Raqamimni beraman ammo aniq soʻkinmayman deb vaʼda berolmayman. Lekin harakat qilaman 😁
Mina Jungkookga oʻz raqamini berdi
Mina:Namjoonssiga salom aytdingizmi
Jk:ha aytdim. 😅
Mina: endi ketishim kerak. Narsalarimni yigʻaman boʻlmasa samalyotga kech qolaman. Siz bilan tanishdim deb oʻzimga sigʻmay yurgandim. Endi esa raqamingiz ham menda bor 🤣🤣🤣 jinni boʻlib qolaman hozir
Jk: armylarga maqtanmaysanmi
Mina: aslo. Men unday qiz emasman men uchun sizlarning xavfsizligingiz muhim. Doʻstlashish ajoyib boʻldi. Afsusdaman ammo ketishim kerak.
Jk: keyingi safar kelsang xabar ber maylimi. Sen bilan suhbatlashish zavqli.
Mina: chindanmi🫣 yo Xudooo. Albatta xabar beraman. Yaxshi qoling Jungkookssi
Jk: sen ham yaxshi yetib bor. Yoqimli va xavfsiz parvoz tilayman. Yetib borgach xabar ber maylimi
Mina: ok. Xayr👋
Mina xohlamaygina hayrlashdi va mehmonxonaga qaytdi. Uning bu safargi Koreyaga tashrifi kutilmagan baxtga boy boʻlgandi. Aeroportda dadasi bilan birga samalyot uchishini kutarkan yana qachon qaytar ekanman degan shirin hayollar ogʻushida Koreya bilan xayrlashardi.
Jungkook telefoniga qaradi. Unda Minaning raqami turardi. Va ustiga yozilgan Mina ismi ham . Yigit hayron edi."nahot men undan raqamini soʻradim. Yaaaa meni aqlim joyidamidi shu vaqt🤦🤣".
Jungkook hayollar ogʻushida mashinaga oʻtirdi. Studiyaga qaytdi va akalariga boʻlgan voqealarni aytdi.
Namjoon: ana u ketib qoldi. Endi ishga qayt Kookie.
Jk: u sizni muhlisiz boʻlgani uchun mendan qizgʻonyapsizmi🥺.
Namjoon: hoy esing joyidami🤣. Men uni hatto koʻrmadim. Nega qizgʻonaman. Butun dunyoda qancha army borligini bilasanmi. Har birini qizgʻonish uchun meni umrim kamlik qiladi.
Jimin: hoy sen sevib qolmadingku toʻgʻrimi 🤣🤣🤣
Jk: hyung, ozroq oʻylab gapiring ikki marta koʻrdim uni. Qanday sevib qolaman. Yaaa
Jin: unda ishga qayt boʻldi. Oʻzi xabar yozadi yetib borsa.
Jungkook mashgʻulotlarga qaytdi. Ammo har tanafusda telefoniga qarardi goʻyo qizdan xabar kutardi. Ammo ikkisi ham unutgan bir narsa bor. Ahir Mina koreyadan ketti. Koreya raqami boshqa davlatda ishlamaydku🤦.
Mina yurtiga qaytgach Jungkookni oʻyladi. Unga xabar berishga soʻz bergandi. Telefonini qoʻliga oldi ammo hali unga raqam qoʻymagandi. U instagram ilovasidan Jungkookning shaxsiy profiliga xabar yozdi "men yetib keldim Jungkookssi". Mina umid bilan kutardi. U Allohdan soʻradi. Agar bu doʻstlik men uchun hayrli boʻlsa u albatta mening yozganimni koʻradi. Allohim menga bu doʻstlikni hayrli qilib ber.
Oradan bir hafta oʻtdi. Jk har kuni undan xabar kutardi. Ammo biror xabar olmagandi. U zerikib instagram titib oʻtirardi va birdan direct da Mina profiliga koʻzi tushdi. Qizning soʻzlarini esladi. "Mening ismim Oisha ammo bu yerda hamma meni Mina deb chaqiradi". Darhol profildan kelgan xabarni ochdi. Xabar bir hafta oldin joʻnatilgan edi."men yetib keldim Jungkookssi". Jungkook xursandligidan sakrab turdi. U darhol javob yozdi.
Jk:Mina ahvoling yaxshimi. Men instagramdan yozishingni kutmagandim. Kechir. Xabaringni endi koʻrdim. Ahir raqamim bor ediku.
Mina ishda edi. Uning telefoniga bildirishnoma keldi ammo qarashga vaqt topmadi. Kechki ovqat yeyilgandan soʻng Mina sekin xonasiga chiqdi. U bir haftadan beri Jungkookning directiga qarardi. Bugun ham xuddi shunday kayfiyatda telefonni qoʻliga oldi va ekrandagi bildirishnomani koʻrib qotib qoldi. Unga Jungkookdan javob xati kelgan edi. Qiz oʻzida yoʻq xursand edi.
Ular ikki oy internet tarmogʻi orqali suhbatlashib yurdilar. Bir kuni ishxonada Minaga taklif berishdi. Ilmiy seminar sabab koreyaga borish kerak edi. Mina buni mamnuniyat bilan qabul qildi. Dekabr boshlandi. Qish kirib keldi. Koreya qishda yanada goʻzal turga kiradi. Mina mehmonxonaga kirib joylashgach Jungkookga xabar yozdi.
Mina:Jungkookssi bugungi kun tartibingiz qanday
Birozdan soʻng javob keldi
Jk:bugunmi? Raqs mashgʻulotlari va syomka bor ambasadorlik brendlaridan birida suratga tushushim kerak
Mina: kech qaytasizmi?
Jk: bilmadim qachon boshlanib tugashiga bogʻliq. Tinchlikmi?
Mina: ha shunchaki. Agar ertaroq tugasa koʻrishaylik demoqchi edim😊
Jungkook bu xabarni oʻqib koʻzlari katta katta ochildi. Barmoqlari telefon klaviaturasida tezlik bilan raqs tusha boshladi
Jk: Mina sen Koreyada misan
Mina:ha bugun keldim. Mehmonxonaga joylashdim
Jk: qancha vaqt boʻlasan bu yerda
Mina: menimcha bir hafta. Seminar sabab kelganman. Keyin dori firmasida ham ikki uch kunlik ishim bor. Uzogʻi 10 kun shu yerda boʻlsam kerak
Jk: ajoyib. Boʻshashim bilan xabar yozaman tayyor tur. Aytgancha raqam oldingmi
Mina:yoʻq hali,aytdimku endi joylashdim.
Jk:tushunarli
Aksiga olib Jungkook oʻsha kuni juda kech boʻshadi. Ishlarni tugatib soatga qaraganda allaqachon tungi 10 edi. Chuqur xoʻrsinib uyiga qaytdi.
Ertasi kuni mashgʻulot xonasida akalariga yuzlandi
Jk: men bugun ertaroq ketsam maylimi
V: tinchlikmi Kookie
Jk: Mina keldi😊😊😊
Hamma birdan oʻoʻoʻoʻoʻ deb yubordi
Jin: ishqlib erta indinga toʻyga oʻtinglar demaysanmi 🤣🤣🤣
Jk: hyung bas qiling nega kulaverasiz😅🤦
Namjoon: qayerga olib bormoqchisan
Jk: toʻgʻrisi oʻzim ham bilmayman. Iloji boricha odam kamroq joy kerak. U bilan suhbatlashish yoqimli. Bilasizmi huyung u boshqalarga oʻxshamaydi. U bilan suhbatlashsam oʻzimni oddiy odamdek his qilaman. Umuman menga yon bosmaydi. Oʻzining fikrini maʼqullab turib oladi. Hatto baʼzida oʻylab qolaman men idolmanmi yoki u😂
Hobi:🤣 voy Xudo 😅 Kookie isming esingdami ishqlib.
Jimin: bu gaplardan sevgining hidi kelyapti😜
Namjoon: ehtiyot boʻl Jungkook ahir xavfli
Jk: eeee boʻldida🤣🤦 sevgim kelsa sevaveraman. Nima men ham odamku. Sevishga haqqim bor
Suga: albatta gazini bos🤣
Jin: sen ikkalangni doktorga koʻrsatish kerak. Armylarchi
Jk: haqiqiy armylar meni baxtli ekanimni koʻrib xursand boʻlishadi.
V: sen uni oʻzi ikki marta koʻrding bittasida boʻralab seni soʻkib berdi😂. Ikkinchisidayam 5 daqiqa gaplashding xolosku. Qanday u bilan gaplashsang maza qilishing mumkin aaa🤭🤣
Jk: sizlarga kulgu boʻlsa boʻldi😤. Xullas menga ruhsat berasizmi RM hyung.
RM: men bilmayman Hobidan soʻra
Hobi: senga ishonaman Jk. Faqat ehtiyot boʻl hopmi.
Jk:ahaaayt😍🥰 ehtiyot boʻlaman. Vaʼda beraman.
Jungkook uyiga qaytdi. Oʻsha oʻzi sevgan qora stilida kiyindi va Minaga xabar yozdi.
Jk: tayyor tur. Yarim soatda boraman. Pastga tushasan hop.
Mina seminardan endi qaytgandi. Telefoniga kelgan xabarni koʻrib charchoqni ham unutdi. Darhol yuvindi va qulay kiyimlarini kiya boshladi.
Mina oddiylikni sevuvchi qiz. Unga jimjimador narsalar yoqmasdi. U doim samimiy insonlarni va haqiqatni qadrlaydi. BTS esa unga doim motivatsiya bergan. Shu sabab bugun ham u koʻzga tashlanmaslikni tanladi. Mina Jungkookni sevimli idoli emas balki oʻzidek oddiy bir inson sifatida koʻrardi.
Mina tayyorlanib tezda mehmonxona hovlisiga chiqdi. Soat esa allaqachon 20 dan oshgandi. Atrof sovuq edi. Qish oʻz soʻzini aytardi. Qiz atrofga qaradi. Hech qanday mashina koʻrinmadi. Mina Jungkookni kuta boshladi. Shu vaqt osmon ham qizning zerikishini istamagandek oppoq kumush qorlarini zamin uzra socha boshladi. Minaga har bir fasl oʻzgacha ilhom berardi. U qishning qorlarini juda sevardi. Bugun oʻsha sevimli qori sevimli shahrida va oʻzi chin dildan qadrlagan insonini kutayotgan vaqtida yogʻishni boshlagandi. Mina osmonga qaradi. Xuddiki bir moʻjiza uning yuzlariga, kaftlariga tushib qizni qalbiga oʻzgacha xotirjamlik solardi. U qordan bahramand boʻlar ekan telefoniga xabar keldi.
Jk: men keldim qayerdasan.
Mina xabarni oʻqidiyu darrov atrofga qaradi. Sal nariroqda bir qora mashina toʻxtaganini koʻrdi va tezda u tomon yurdi. Mashina oldi eshigi ochildi va ichidan qora niqobli Jungkook koʻrindi. Koʻzlari kulib turardi
Jk: chiqaqol tashqari sovuq shamollaysan
Mina tezda oʻtirdi. Jungkook mashinani yurgʻazdi va yoʻl yoʻlakay qizning sovuqdan biroz qizargan yuzlariga qaradi.
Jk: kutib qoldingmi? Ahir aytgandimku borib xabar beraman deb
Mina: shunchaki sizni kuttirishni istamadim. Yaxshiyam chiqipman. Qarang qor qanday chiroyli yogʻyapti.
Jk: haa chiroyli. Senga qish yoqadimi
Mina: menga har bir fasl yoqadi. Har birining oʻz gashti bor.
Jk: haaa ajoyib.
Jungkook bir hiyobon chetiga borib mashinani toʻxtatdi va qizga qaradi.
Jk: kechir seni gavjum joylarga olib borolmayman. Bu mumkin emas. Sen uchun ham men uchun ham xavfli😊. Shunchaki mashinada issiq qahva ichib suhbatlashishga nima deysan.
Mina: Jungkookssi 😊 menga umunan qiziq emas gavjum joylar. Men siz bilan har qanday vaziyatda suhbatlasha olaman.
Jungkook mashina ichida turgan qahva idishlarining birini Minaga uzatdi
Jk: ol isinasan. Xoʻsh seminar qanday oʻtdi.
Mina: ajoyib 😄
Ular ancha vaqt suhbatlashdilar. Jungkook qizning yonida oʻzini juda bemalol tutardi. Xuddi hamma kabi oddiy insondek his qilardi oʻzini. Mina esa Jungkookni maroq bilan tinglar, hazillariga miriqib kulardi. Ular aslida reja asosida birinchi marta koʻrishgan edilar. Ammo bir ikki oylik xabar almashinuvlar natijasida anchagina yaqin boʻlib qolishgandi.
Jk: Mina sening isming, haqiqiy isming borku Oisha
Qiziqib gap boshladi Jungkook
Jk: u juda ajoyib eshitiladi. Maʼnosi nima😀
Mina: Paygʻambarimiz Muhammad s.a.v ning eng sevimli ayollarining ismi shunday boʻlgan Oisha. Juda aqlli, taqvodor va goʻzal ayol boʻlganlar. Ota onam meni ularga oʻxshashimni istab ismimni shunday qoʻyishgan.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0