Har bir insoning aytolmagan gaplari bo‘ladi
Kimdir esa yuraging eng chuqur joyiga yashirib qo‘yadi
Men esa yozaman
Yozaman-u, lekin hech kimga ko‘rsatmayman
Mening ismim Rayhona men o‘n besh yoshdaman .Kitob o‘qishni ,yomg'ir yog'ayotganida deraza yonida o‘tirishni va odamlarni kuzatishni yaxshi ko‘raman.Ammo bir narsani yomon ko‘raman
Hislarim haqida gapirishni
Onam doim
-ichidagilarni aytib yur qizim yurak ham ba'zan yengilikga muhtoj bo‘ladi-deydi
Men esa har safar jilmayib qo‘ya qolaman
Chunki ba'zi gaplarni aytish juda qiyin
Ba'zida esa imkonsiz
Shuning uchun stolimning pastki tortmasida ko‘k rangli kundaligim bor
Unda mening barcha aytolmagan gaplarim yashaydi
Bugun maktabning birinchi kuni edi
Yoz tugadi
Uch oy ichida juda ko‘p narsa o‘zgardi
Lekin eng ko‘p o‘zgargan inson menimcha Madina edi...
Bir paytlar har kuni menga qo‘ng‘inroq qiladigon dugonaman edi. Xabarlariga ham kech javob berardi.
Balki ulg‘aygandirmiz
Balki shunchaki uzoqlashgandirmiz
Sinf honasiga kirganimda u allaqachon boshqa qizlar bilan kulishib gaplashayotgan edi.
Meni ko‘rib qol silkitdi
-Rayhona bu yerga kel
Men jilmaydim
Ammo negadir ichimda eski quvonch yo‘q edi.
Tanaffusda yonma-yon o‘tirdik
-Yozgi ta'til qanday o‘tdi- deb sopradi u
-yaxshi
-faqat yaxshi
Men yelka qisdim
-ha
Aslida esa aytadigon gaplarim juda ko‘p edi.Otamning ish sabab boshqa shaharga ketgani.Onamning har kuni charchab qaytishi
Kechalari uxlay olmayotgan
Va eng muhim ...
"O‘ZIMNI YO‘LG‘IZ HIS QILA BOSHLAGINIM"
Lekin bu gaplarning hech biri tilimga chiqmadi
Uyga qaytganch,kundaligimni ochdim
Yangi sahifaga sana qo‘ydim
1-Sentiyabr
Song yozdim
"BUGUN MADINAGA BIR GAP AYTMOQCHI EDIM MEN ESKI RAYHONA EMASLIGIMNI,ICHIMDA NIMADIR O‘ZGARGANINI AYTMOQCHI EDIM,LEKIN YANA INDAMADIM,,
Biroz o‘ylab turdim
Keyin esa pastga bitta jumla qo‘shdim
"MEN AYTOLMAGAN GAP EHTIMOL ENG MUHIM GAP EDI.,,
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0