Bomdod payti. Soat 5:00
Bomdod namoziga azon aytildi. Ko‘zlarim ochildi va namoz o‘qish uchun o‘rnimdan turdim. O‘rnimdan turar ekanman, umuman uyqum kelmadi. Chunki erta turishga odatlangandim.
Mening ismim Asmo. Yoshim 20 da. Turkiyada tug‘ilganman va haligacha shu yerda yashayman. Turkiyadagi mashhur madrasalardan birida tahsil olyapman. Mening bitta ukam bor. Ota-onam bilan birga istiqomat qilaman.
Bomdod namozini o‘qishdan oldin ukamni uyg‘otishni xohladim.
— Umar! Tura qol, uka! Bomdodga kech qolasan axir! — deya uni uyg‘otdim.
Bomdod namozimni o‘qidim.
Men Trabzon deb ataluvchi shaharda yashayman. Ammo madrasam Anqarada joylashgan. Masofa ancha uzoq bo‘lganligi sababli, ertaroq yo‘lga chiqishga harakat qilaman. Chunki darslarim soat 07:00 da boshlanadi.
Bomdod namozidan so‘ng bekatga bordim va avtobusimni kutdim. Nihoyat, avtobusim ham yetib keldi. Yo‘l haqini to‘lab, joyimga o‘tirdim.
Avtobusda kitob mutolaa qilayotgan edim. Ammo xayolim boshqa joyda edi.
— Madrasamga kech qolmasam bo‘ldi.
— Yo‘llar tirband bo‘lmasa edi...
Shu payt to‘satdan urilgan mashina xayollarimni bo‘ldi.
Avtobus kuchli silkinganidan temir tutqichga boshimni urib oldim.
Avtobus ichidagi odamlar mashina egasini qarg‘ab, so‘kishardi. Ha, men ham mashina egasi kim ekaniga qiziqdim va oynadan qaradim.
Bu o‘sha mashhur boylardan birining o‘g‘li — Karan Demir edi.
— Xudoyim! Madrasamga kech qolmasam bo‘lgani! — dedim.
Ammo o‘sha paytda yana bir narsa meni hayratga soldi.
Shuncha odamga noqulaylik tug‘dirganiga qaramay, kechirim so‘ramasdan yana mashinasiga o‘tirib, ketmoqchi bo‘ldi.
Ketishidan oldin menga tikilib qoldi.
— Nima, odam ko‘rmaganmi bu? — dedim ichimda.
Men unga qaramaslikka harakat qilsam ham, u ko‘zini mendan uzmasdi.
Nihoyat, madrasamga yetib keldim. Madrasa eshigi oldida yaqin dugonam Oisha kutib turgan ekan.
— Asmo! Nega har safar kech qolasan? Seni kutib sochim oqaray dedi! — dedi u.
— Oisha! Tushunsang-chi, axir Trabzondan Anqaragacha kelishning o‘zi bo‘ladimi?
— Ha, mayli. Yura qol! Hozir darsimiz boshlanadi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1Obuna boʻldim, qaytaring. Zoʻr ketyapsiz! 🍬✨