Malika Xavas.
(doston).
1. Muqaddima.
Bu dunyoda o'tdi qancha bahodir. Bari davron surdi va oldi Qodir.
Barin dostoni o'z-o'zidan a'lo. Yaxshi oyogʻining ostida balo. Maqtab qahramonin ul turk-i ajam. Bir-biridan nodir doston yozdim.
Asr G'irotida shamolday yeldi. Shukrki Allohim va bizga keldi. Botirlarni o'zga tortuvchi bilbar, So'zi , o'zidan kelar isi anbar. Dostonlar yozildi shoda-yu shoda. Omilar tushunmay solishur doda. Aql chirogʻin tanballik oʻldirar. Yalqovlik birla yondirib kul qilar. Yomonlarning tigʻi ularning tili.
Qalb tilar oʻtsada ham oy-u yili. Ogʻziga ne kelsa qoʻshib soʻkadi. Ilon chaqsa ular zahrin toʻkadi.
Yana oʻzin tutar mullo-yu daho
. El ichra goʻyoki ular bebaho. Yurtning sha'nin koʻtarur yoshlar.
Hasadchilar otur ularga toshlar.
Zaminim tanimish yana keng jahon.
Ular daho-yu ham ular bebaho.
Shatranjchi Javohir yigitlar sarvari.
Manaman degani yengdi u barin.
Unga havas qilur biling Shoh Jamshid.
Haq Taolo qilsin tolesin Xurshid.
Sinovlar tushdi bu jonlar boshiga.
Bu davr arzimas bil koʻz yoshimga.
Berib ish qildilar jonin jabborga.
Yetdilar oxiri goʻzal dildorga.
Koʻpni koʻrdi tarix koʻpi muzaffar,
Koʻplar ichib oʻldi sharobdin zahar.
Dostonim oʻqisin bogʻ ichra bulbul.
Kuyga sollanib oʻynasin atirgul.
Malika Xavasni qilsam bayonin.
Qalamimni oxir qolmas imkoni.
Yo Alloh Azmiyni oʻzing qoʻllagin.
Xayrli bir ishga uni yoʼllagin.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0