2023-yil 4-sentabr ertalab soat 8:00.Zilolaning yangi maktabdagi 1-kuni soat 8:00 boʻlishiga qaramay u hali oʻzining yangi sinfiga kirgani yoʻq sababi u oʻqituvchisini qidiryapti va uning ichida gʻalati hislar kechyapti ,chunki u 10-yil bitta maktabda oʻqidi oʻzining sinfdoshlariga endi qoʻshilishni boshlaganida ularning oilasi yangi uyga koʻchishdi keyin u 11-sinfni boshqa maktabda oʻqishiga toʻgʻri keldi.
Zilola tabiatdan juda oʻgir,bosiq,vazmin qiz edi. U shovqin va insonlar koʻp joylarni yomon koʻrardi.Hamma bilan tezda chiqishib keta olmas edi,u tortinchoq va uyatchang ham edi. Oilasi unga boshqa uyga koʻchayotganini aytishganda uning ichidan zil oʻtgandek boʻldi. Uning avvalgi sinfdoshlari unchalik yomon emas edi ,lekin Luiza ismli sinfdoshi bor edi. U judayam boy va burni osmondagi qiz edi. Hamma uni aytganini qilar butun sinf unga tiz choʻkardi. U sinfdoshlarini ustidan kulishni ularni kamsitishni yoqtirardi. Shunday qilib Zilolani ham tinch qoʻymas edi. Zilola u bilan urisha olmas edi uning qoʻlidan hech narsa kelmagach u shunchaki yigʻlab darsdan chiqib ketardi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0