Mafiyalar hayoti
Tungi shahar jimjit edi. Faqat uzoqdan mashinalar shovqini va ba’zan o‘ q ovozlari eshitilardi.
Bu shaharda hech kim hammaning ustidan hukmronlik qila olmasdi.
Lekin bitta ism bor edi – bu ism har qanday jinoyatchi tilida cho‘ qqilarni zabt etgan edi: Jeha.
U 21 yoshda. Yosh bo‘ lishiga qaramay, butun bir mafiyaviy imperiyani boshqara olardi – "Shadow Wolves" nomi bilan tanilgan guruh.
Ular ko‘ cha savdolari, qurol ayirboshlari va sirli odam yo‘qolishlarining ortida turardi.
Ammo Jeha o‘ z guruhini shunchaki jinoyat uchun emas, tartib va qasddan qurilgan qonun uchun yaratgan edi.
Unga sodiq bo‘ lganlar uni qiroldek ko‘rardi. Dushmanlari esa... undan faqat o‘ limni kutardi.
O‘ sha kecha u o‘z ofisining tomida turib, pastga – shahar ko‘chalariga qarardi. Yonida esa doimiy himoyachisi – Riko, kuchli va sodiq, ammo sirli yigit, sukunatda turardi.
— "Don Karlos harakatga o‘ tayotgan ko‘rinadi", — dedi Riko ohangsiz ovozda.
Jeha uning gapidan ko‘ zlarini uzmadi. — "Biz undan oldin harakat qilamiz", — deb javob berdi u. — "Bu shaharni men tartibga solaman, u emas."
Shu orada pastdan notanish bir qiz guruh uyi yaqinidan o‘ tib ketdi.
U ataylab o‘ sha yo‘lni tanlagandek edi. Jeha uning ko‘ zlariga bir lahza qaradi – o‘sha nigohda nimadir bor edi.
Yashirin, sirli, ammo o‘ ziga tortuvchi.
Jeha bilmasdi — bu qiz uning hayotini o‘zgartiradigan eng xavfli dushmanga aylanadi... yoki ehtimol... yuragining egasiga.
Izohlar
5Haqiqiy mafiya hayoti drama qilsamii
Kino qilib olisharmikin a🩵😁
Buncha gʻoya qaydan keladiiii biram zur
Yoqqanidan xursandman 🩵
Yoqqanidan xursandman 🩵