
LUNARIS: TUSHLAR SALTANATI
1—qism — Har safar seni unutaman...
"Ba'zi sayohatlar yo'l bilan emas, birinchi tush bilan boshlanadi."
Lyra bolaligidan beri bir xii tushni ko'rardi. Bu tush hech qachon o'zgarmasdi.
Har safar u oppoq bulutlar ustida turardi.
Uzoqda esa osmonda suzayotgan ulkan orol ko'rinardi.
Orol markazida kumush rang saroy osmonga qad ko'targan.
Uning atrofida esa minglab mayda nur zarralari kapalakdek uchardi.
Lekin eng g'alati narsa...
har safar kimdir uni chaqirardi. Juda sokin.
Juda mayin ovoz.
"...Kel..."
"...Lyra..."
U ovoz qayerdan kelayotganini topolmasdi. Har safar orol tomon yugurardi.
Ammo yetib borishga oz qolganda... hammasi qorong'ilashardi.
Va u uyg'onardi.
Bu tush o'n yildan beri takrorlanardi.
Shu sabab Lyra uni oddiy tush deb hisoblamay qo'ygandi.
U har safar uyg'ongach, tushida ko'rgan joylarni daftariga chizardi.
Suzuvchi orollar. Kumush saroy.
Moviy daraxtlar.
Va...
yuzini hech qachon ko'ra olmagan qora plashli yigit.
Bugun ham u yana o'sha rasmni chizayotgan edi.
Onasi eshikni taqillatdi.
Lyra, nonushta tayyor.Hozir tushaman. Lyra daftarini yopdi.
Lekin yopishidan oldin bitta narsani payqadi. Kecha chizmagan bitta belgi paydo bo'lgandi.
Daftarning oxirgi sahifasida oppoq siyoh bilan yozilgan edi:
"Bugun kechikma."
Lyra hayrat bilan yozuvni siladi. Yozuv o'chmadi.
Go'yo u doim shu yerda bo'lgandek edi. O'sha kuni hammasi odatdagidek o'tdi.
Ammo tun tushishini Lyra negadir intiqlik
bilan kutardi.
U yuragining tubida nimadir o'zgarishini his qilayotgandi.
Nihoyat...
u uxlab qoldi.
Ko'zini ochganda... yana o'sha bulutlar. Lekin bu safar...
hammasi boshqacha edi.
U orol chetida emas, ulkan kutubxona ichida turardi.
Kutubxonaning devorlari yo'q edi.
Faqat cheksiz osmon.
Kitob javonlari esa havoda suzib yurardi.
Har bir kitob atrofida mayda yulduzlar aylanardi.
Lyra hayrat bilan atrofga qaradi.
Shu payt orqasidan oyoq tovushi eshitildi.
Tak...
Tak...
Tak...
Kimdir sekin yaqin[ashardi.
Lyra ortiga burildi. Qora plash kiygan yigit. Qo'lida eski kitob.
Ko'zlari moviy osmondek tiniq.
U Lyra tomonga qarab kulimsiradi.
Go'yo uni juda uzoq vaqtdan beri kutayotgandek.Nihoyat...Kelding.
Lyra bir qadam ortga chekindi.
Siz... kimsiz?
Yigit kulib boshini egdi.
Men...
Kael.
Bir necha soniya ikkalasi ham indamay turishdi.
So'ng Kael chuqur xo'rsindi.
Demak...Bu safar hammasini boshidan boshlaymiz. Lyra hayron bo'ldi.Nimani?
Kael ko'zlarini yumdi.
Go'yo bu javobni aytish unga og'irlik qilayotgandek.
Keyin sekin dedi:
Chunki sen... har safar uyg'onganingda meni unutasan.
Shu zahoti kutubxonadagi minglab kitoblar o’z—o’zidan ochilib ketdi.
Sham ol kuchaydi.
Va uzoqdan sirli qo’ng’iroq ovozi yangradi. Dong...
Dong...
Dong...
Kaelning chehrasi birdan jiddiylashdi. U Lyra tomon qo'l uzatdi.
Yugur!
Lyra nima bo'layotganini tushunmasdi.
Ammo kutubxona polida ulkan qora yoriq
paydo bo'ldi...
...va uning ichidan nimadir ko'tarila boshladi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
6Oʻqishga arzidi juda ajoyib 👏
Hali yangilari chiqadi 🩵
Menga hikoya yoqdi yana yangilarini kutib qolaman
Xursand boʻldm🩵
Juda qiziqarli ekan😊
🤗