Bugun Sofiyaning unutilmas kuni,chunki bugun uning orzulari ushaladi.Unda biroz hayojon bor,lekin ich-ichidan quvonyapti.Ha,u bugun Koreyaga boradi.Sofiya-18 yosh,goʻzal, oʻziga ishongan,odobli va jasur qiz.

Sofiya Koreyaga borishni 10 yildan beri xohlaydi, koreys tili toʻgaraklariga boradi.Uning koreys tili darajasi yuqori edi.Hattoki,uning ustozlari ham hayron qolardi.Sofiya kiyimlarini kiyib boʻldi va pastga ota-onasi bilan xayrlashishga tushdi.

Onasining koʻzlari yoshlana boshladi, va:
-Qizalogʻim,buncha ochilib ketibsan.
-Raxmat,oyijon.
-Seni sogʻinib qolamanku...
-Oyi...Men sizni va dadamni 2 oydan keyin oʻzim bilan Koreyaga olib ketaman..
-Hop,qizim.
Sofiya ota-onasi bilan xayrlashib, Koreyaga yoʻl oldi.Sofiya Koreyadagi nufuzli universitetlardan biriga grand asosida oʻqishga kirdi, albatta bu uchun Sofiya koʻp harakat qildi.Sofiya samolyotning derazasidan tashqarini kuzatardi.Sofiya juda xursand,ammo uni Koreyada qanday qiyinchiliklar kutayotganini bilmaydi.
10 soatlar oʻtdi
Sofiya hozir Seulga yetib keldi,birinchi boʻlib,uy qidira boshladi.Uy topish qiyin boʻlmadi.Darslari 2 kundan keyin boshlanadi.Ammo,u avval ish topishi kerak.Sofiyaning tillarni bilishi qoʻl keldi.U doʻkonga oziq-ovqat olish uchun kelganda,bir yigit unga kompaniyasida tarjimon boʻlishni taklif qildi.Sofiya taklifga rozi boʻldi.Ertadan ishga borishni boshlaydi.Kompaniyasi ham taniqli edi.Uning egasi-Kim Taehyung.

Kim Taehyung taniqli biznesmen,hammani ham ishga olavermaydi,lekin bir savol bor: Sofiyani tanimasa ham,nega ishga oldi?
ERTANGI KUN
Sofiya ishga ketish uchun tayyorlana boshladi.Chiroyli kiyimini kiyib,ishga otlandi.Sofiyaning omadi kelganga oʻxshaydi,Kim Taehyung janoblari hammani ham ishga olavermaydi.Sofiya uning kompaniyasi haqida maʼlumotlarni oʻqib chiqqanda oʻziga-oʻzi savol berdi:"Shunchalik katta kompaniyaga meni ishga olishdimi?" Bu savolga javobni topa olmasdi.

U kompaniyaga kirib keldi,oldidan Kim Taehyung chiqib qoldi.
-Assalomu alaykum, janob.
-Vaalaykum assalom, Sofiya.Yaxshimisan?
-Yaxshi, rahmat oʻzingiz yaxshimisiz?
-Ha...Bugundan ishni boshlayver,yur men bilan xonamga, sening vazifalaringni tushuntiraman.
-Hop boʻladi.
Sofiya Taehyungni ortidan borarkan,boshqacha boʻlib ketardi.Ular xonaga kirishdi, Taehyung unga vazifalarni tushuntira boshladi.Va tushuntirib boʻlgach:
-Tushundingmi?
-Ha, tushundim.
-Hop, chiqib ketaver.
-Aha,raxmat.
Sofiya ishlarni boshladi,u juda puxta ishlardi.Ishlari tugagach,uyiga ketayotganda Taehyung uni chaqirib qoldi va Sofiya orqasiga qaytib, Taehyungni yoniga bordi.
-Senda gapim bor edi...
-Hop,nima?
-Bugun yaxshi ishlading.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0