“Hisobchi”
1943-yil 11- yanvar Stalingrad SSSR.
Aziz 38-polk askari. Poyezdda buzilib ketgan shaharga kirarkan adoqi yo’q vayrongarchilik, mislsiz murdalarga guvoh bo’lib ketardi. Quyosh bulutlar orasiga yashirinib qoraygan. Osmonda momoqaldiroq gumburlardi. Atrofda jasad hidi ko’tarilar. Sovuqda ham pashsha, chivin o’lik askarlar atrofida girdikapalak edi. Kalamushlar etiklarni kemirish bilan mashg’ul, qarg’alar endi keraksiz askarlarni boshidan cho’qirdi.Havoda tutun tarqar. Bir ayol chelakda suv tashirdi.
Aziz bu oddiy manzarani tomosha qilib ketarkan, cho’ntagidan Latifaning rasmini chiqardi. Bir hafta oldin u bilan kulishib gaplashganlari,tor qishloq ko’chalarini kezganini qo’msadi. Ko’ngilli sifatida urushga qo’shilgan , taqdiri hali nomalum bu askar bolalikdan Marks-Lenin g’oyalariga qattiq ishongandi. Sotsializm barcha xalqlarni teng ko’rishi bolalikdan o’tilardi. Yonida Feodya sigareta chekib tutunini tarqatardi. Azizning barcha safdoshlari yuzi qoraygan, formasi kir. Ko’krak va yelkadagi o’roq va boltaga ham gard tushgandi. Ular manzilga yetib kelib poyezd to’xtadi. Komandiri Andreyev qattiq baqirib barchani baza tomon haydadi. Aziz meni jangda qanday ishtirok etarkanman deb hayol surardi.
***
Shtab ham hujumdan buzilib ketgan. Yonida uchoq qoldig’i. to’kilgan devor g’ishtlari, to’ntarilgan qozon, shifti yarim ochiq tom, uzilgan tokli rozetka bor edi.
Aziz barcha safdoshlari qatori safga tizildi. Andreyev birma-bir ism-sharifni o’qirdi:
-Zigarxanyan,Ergashev, Ivanov, To’o’ro’mbekov, Holmatov-Andreyev 200 askar ismini o’qidi. –Sizlarni oldingizda sharafli vazifa bor. Vatanimiz fashistlar tomonidan hujumga uchradi. Bu yo’lda qurbonligingizni, sodiqligingizni, vatan ham , Janob Stalin ham unutmaydi. Barchangizga zafarli g’alaba tilayman.
Aziz safdoshlari birin-ketin shtabdan chiqib ketishdi. Aziz nomi o’qilmaganiga ajablandi.
-O’rtoq Andreyev- Aziz qo’lini ko’tarib-men qaysi maydonda jang qilaman.
-Sen jang qilmaysan. Jang qilishga odam yetarli. Men Markazga hisobot berishim kerak. Qancha yo’qotish bo’layotganini daftarchaga yozib borasan.
Aziz tanasidan ter oqib ketdi.
***
Aziz shahar xarobalarini aylanardi.Shaharda urush tinmasdi. Aziz murdalarni ag’darib barini cho’ntagidan guvohnomasini olib halok bo’lganlar ro’yxatini yozib borardi. Bir soat o’tmay daftarda yuzdan ortiq odam ismini yozdi. O’liklar tanasidan ko’tarilayotgan hiddan ko’ngli aynib qayt qilishiga sal qoldi.Nargi ko’chada Aziz yozishi zarur bo’lgan yangi odamlar shakllanardi. Aziz yonib ketgan tank ichidan to’rt murdani olib chiqdi. Yuzlari kuygan bu olmonlarni hatto yuzini tanib bo’lmas. Kiyimi ham yonganidan hujjatlariga zarar yetgandi. Aziz uni alohida dushmanlar tomondagi murdalar bo’limiga ajratdi. Peshonasida terni artdi. “Undan ko’ra jangda qatnashsam yahshi edi bu yerda aqldan ozib qolaman” degan o’ylar o’tdi.
***
Aziz chanqab bir uyni eshigini taqillatdi. Devori yarmi to’kilgan, eshigi qora uydan malla sochli ayol chiqdi.
-Sizda suv topilmaydimi-Aziz unga rus tilida gapirib- juda chanqagandim.
-Hozir olib chiqaman- ayol uyiga kirib ketib cho’michda suv olib chiqdi.
Aziz minnatdorchilik bildirib suvdan sipqordi. Ayol unga savolomuz qarardi.Ayolning hali 40 ga kirmay sochiga oq oralagan, yuziga ajin tushgan, Kiyimi so’kilib ketgandi.
-Siz ham askarmisiz?-Ayol unga ma’yus termulib.
-Yo’q men hisobchiman.-Aziz cho’michni ayolga uzatib.
-Erim Volodya Koralenko ahvoli haqida bilmaysizmi?Ikki haftadan beri habar bermaydi.
-Hozir.
Aziz daftaridan bugun yozganlarni ro’yxatini o’qidi. Volodya Korolenko 234-bo’lib miyasidan oskolka yeb o’lgandi. Aziz buni noiloj aytib orqasiga qaramay ketdi. U hatto qattiq o’kirib yig’layotgan bu ayolga hamdardlik bildirishga ham ulgurmadi.
***
Aziz tashlandiq to’rt qavatli uy turarjoyiga kirdi. Bu yerdan ham aholi allaqachon ko’chib ketgan. Yo’lakda va xonalarda hali chiqishga ulgurmay nargi dunyoga rixlat Qilgan odamlar yotardi. Ularning aksariyati askarlar emas, artilleriya hujumidan o’lgan tinch aholi edi. Ikkinchi qavatdagi birinchi xonaga kirgan Aziz muzlagan yo’lakdan toyinib yiqilib ketdi. O’zini qo’lga olib o’rnidan turdi. Bu xonada faqat qo’g’irchoqini qattiq quchoqlab yuzi yerga yopishgan qizcha jonsiz holda yotardi. Aziz uni boshini o’ziga qaratsa yuzi kuyib ketgandi. Astag’firulloh degan so’z og’zidan chiqib ketdi.Aziz hech qachon bu so’zni tilga olmasdi. Hali eskilikda qolgan bobosi shuni aytsa iymanardi. Daftariga bu holatni qo’shishga qo’li qaltiradi. Axir bugunning o’zida to’rt yuz odam o’ligini sanadi. Yosh qizaloq miyasiga qattiq tasir qilardi. Boshqa xonaga o’tsa yolg’iz qolgan fashist askar oyoqi mayib bo’lganidan hatto o’rnidan tura olmay burchakda pisib o’tirardi. Aziz kirib kelganini ko’rib vahimaga tushib to’pponchani unga to’g’irladi. Azizda qurol yo’q edi. Olmon unga o’qtalib nemischalab gapirardi. Aziz umuman tushunmasdi. Nemis askar Azizni indamay turganini ko’rib kuldi. Aziz uning kulgusini ham tushunmasdi. Nemis to’pponchani pastga tushirib yig’lamsirab gapirdi.Yig’isini to’xtatib to’pponchani yana ko’tardi.
-Heil Hitler-Olmon Mauser topponchasini og’ziga solib tepkini bosdi.
Qavat yaqinidagi qarg’alar daraxtdan uchib ketdi. Askar yonga ag’anadi. Devorda qon izlari oqardi. Aziz qulog’I karaxt ahvolda tanasi titrab ketdi. Ko’z oldida birinchi marta qurol otilishiga guvoh bo’ldi. Aziz olmon oldiga yaqinlashib to’pponchasini qo’lidan sug’urdi. Magaziniga qarasa bo’m-bo’sh patron. Oxirgisini ham ham hozirgina ishlatgandi.
***
Uch kun bir xil ishdan Azizning toqati toq bo’lib borardi. Bugun to’rtinchi kun. Aziz o’ylab o’tirmay Sergey Andreyev xonasiga bostirib kirdi;
-O’rtoq Andreyev sizda bir gapim bor-Aziz kaftini yoniga qaratib.
-Taqillatmasdan kirishga qanday jur’at etding?-Andreyevning jahli chiqib.
-O’rtoq Andreyev men bu ishdan charchadim. Meni boshqa ishga o’tkazishingizni so’rayman
-Buyruqqa qarshimisan?O’liklardan qo’rqasanmi?Jang maydoni bundan og’ir. U yerda haqiqiy qirg’inga guvoh bo’lib bundan battar holatni ko’rasan. Bizda lekin degan so’z yo’q. Buyruq berildimi bajarishing shart. Yo’qsa o’sha daftaringda o’zing ham ro’yxatga qo’shilasan.
Aziz jim bo’lib qoldi. U Anderyevga bas kela olmasligini bilardi. Uyiga qaytish, Latifa bilan uchrashish ham borgan sari armonga aylanib borardi. Xonadan chiqib qo’lidagi medalyonga boqdi. Lenin rasmi tushirilgan bu matoqda Aziz uloqtirish hayolidan o’tib keyin fikridan qaytdi. Latifani bilan birga o’tkazgan damlarini esladi. Dalada birga pahta terishgani, qishloq ko’chalarini aylangani, sochlarini silagani hayolida gavdalanardi. Rasmiga boqib bu kiyik ko’zli, sumbul sochli qizni qacjom yana ko’rishini bilmay yuragi duk-duk etardi.
***
Bugun beshinchi kun Aziz sheriklari bilan birga kazarmada bo’lganda bu yerga ham hujumlar boshlangandi.. Fasishtlar boshqa binodan snayperda zarba berar, qizillar ham Mosin miltiqida ularni poylardi. Aziz bir burchakda pisib o’tirib endi nima bo’lsihidan bexabar ratsiya topib telefonda yordam yuborishlarini so’radi. Go’shakni qo’ygan zahoti Uni joyini aniqlagan snayper Aziz ko’kragiga qarab o’q uzdi. Aziz og’ir yaralanib ko’kragini ushlab qoldi. Ko’z oldi qorong’ulashib borardi. Safdoshlari unga ahamiyat bermasdi. Har kim qanday bo’lmasin dushmanni yengish uchun qattiq kurashardi. Aziz umri yakunlayotganini tanasi his qilardi. Stolda turgan daftarni varaqladi. 1340 raqam qo’yib Aziz Sadullayev deb yozishga ulgurdi holos. Siyohdon ham, daftar ham qo’lidan tushib ketdi. Hayot lentasining oxirgi kadrlari ketargan ko’z oldida raqamlar aylanardi.
26-oktabr,2026
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0