MUQADDIMA
Har bir insonning ikki xil dunyosi bor: boshqalar ko‘radigan dunyosi va faqat o‘zi biladigan dunyosi.
Ba’zan insonning yuzidagi tabassum uning ichidagi barcha hislarni ifodalay olmaydi. Ba’zan aytilmagan so‘zlar, amalga oshmagan orzular va javobsiz savollar qalbning eng chuqur joyida saqlanib qoladi.
Ushbu kitob — ana shu yashirin dunyoning sahifalardagi aksidir.
Bu yerda mukammal inson haqida hikoya qilinmaydi. Bu yerda xato qiladigan, o‘ylanadigan, orzu qiladigan, ba’zan o‘zini ham tushunolmaydigan bir qiz haqida so‘z boradi.
Uning o‘z qarashlari, o‘z haqiqatlari va hech kimga to‘liq ochilmagan olami bor.
Balki bu kitobni o‘qib, meni yaxshiroq tushunarsiz. Balki ayrim sahifalarda o‘zingizni ham topib qolarsiz.
Ammo bir narsani unutmang: insonni tanish uchun uning yuziga qarash yetarli emas. Ba’zan uning sukutini ham tushunish kerak.
Bu — hech kim bilmagan men.
Kira Fartuna
Izohlar
0