Luffy: Salom! Mening ismim Monkey D. Luffy. Yoshim 17 da. Aniq manzilim yo‘q, sarguzashtlarga to‘la hayot kechiraman...
Yozuvchi: Yakamashi! Nima bu? Kira Yoshikage uslubida tanishtirishmi? Sen: «Ore wa Monkey D. Luffy! Kaizoku-ō ni ore wa naru!» deyishing kerak edi!
Luffy: Daga kotowaru! Men animedagi Luffy emasman. Shu sababli o‘zim bilganimni qilaman!
Yozuvchi: Yare yare daze! Boshimga muammo bo‘lding-ku! Mayli, sen aytgandek bo‘la qolsin.
Luffy: Hihi! Xo‘sh, qayerda to‘xtagandik? Ha, esladim!
Avvallari men Yerda yashaydigan oddiy inson edim. 16 yoshli, anime, manga, comics va boshqa turdagi fiction asarlarini juda yaxshi ko‘radigan oddiy bola.
Bo‘sh vaqtlarimda webnovel o‘qishni, muxlislarning fikrlarini muhokama qilishni, ChatGPT'dan spoiler olishni va hali faqat birinchi qismini ko‘rgan animelarim haqida bahslashishni yaxshi ko‘rardim.
Ammo keyin... Kasallik.
Ha, klassik isekai! Qanday kasallik ekaniga kelsak, buni o‘zingiz taxmin qilib ko‘ring. Menga taxminan olti oy umr qolgan edi.
Bu olti oy davomida siqildimmi? Javob: birinchi haftada — ha, keyin esa yo‘q.
Afsuslandimmi? Yo‘q.
Mening oilam bor edi: mehribon dadam, onam va singlim. O‘lishimni bilishganida ular yig‘lashdi va turli yechimlarni izlay boshlashdi. Lekin men ularni to‘xtatdim. Chunki buning keragi yo‘q edi. Menga berilgan hayot yoqdi va shu ham yetarli edi.
Taqdirim shu ekan, men vafot etdim.
Afsuski, One Piece nima ekanligini bilmay ketdim. Kimdir sevgini yoqtirishi mumkin, lekin mening didim biroz boshqacha edi. Naruto'dan Hinata, Tsunade va Kaguya, One Piece'dan Hancock, Nami va Robin, Akame ga Kill'dan esa Esdeath menga ancha qiziq tuyulardi.
Xo‘sh, shunday qilib, men isekai bo‘ldim!
Monkey D. Luffy sifatida, ustiga-ustak, tizim bilan birga!
16 yoshimda avvalgi hayotimdagi barcha xotiralarim to‘liq uyg‘ondi. Shunda o‘zimga bir qarorga keldim:
Bu safar yana yashayman! Ammo yozilgan hikoya bo‘yicha emas, o‘zim xohlaganimdek!
Lekin... Lekin sarguzashtlarimni endigina boshlayotganimda, tepamda paydo bo‘lgan bu ulkan ekran nima?!
Izohlar
0