Greendale
Mana yana kuz. Sovuq, lekin mayin Shabada yomg’ir mayda tomchilarda oqadi, osmonni qora bulutlar quchgan. Menga kuz juda yoqadi. Uni doim intiqib kutaman, to’g’rirog’i, kutardim. Bu kuz hayotimni tubdan o’zgartirib yubordi: yaqinlarimdan ayirdi. Bunga chidab bo’lmaydi, deb o’ylagandim. Toki hayotimda yangi burilish boshlanmaguncha.
Mashina shahar chetidagi yo’lga burildi. Emma deraza oynasiga peshonasini tirab, tashqariga tikildi. Yo’l bo’yida sarg’ayib borayotgan teraklar saf tortgan, shamol har esganda ulardan oltin barglar uchib tushar, ular mashina ortidan sekin, qaytishni istamagandek quvib qolardi. Uzoqda tog’ yonbag’rini qizil va zarg’aldoq tuslar qoplagan, tepasida esa cho’kib kelayotgan bulutlar. Yomg’irdan ivigan asfalt xira chiroqlar nurida yaltirardi.
― Xo’sh, Emma, bu yer senga yoqa boshladimi? ― deb so’radi Brain rulga qarab. ― Greendale kichkina bo’lsa ham, tabiati chiroyli.
― Albatta, tog’a. Bu yer juda chiroyli ekan.
Emma yolg’on gapirmadi, lekin butun haqiqatni ham aytmadi. Shahar chindan ham go’zal edi. Faqat go’zallik endi uni ovutmasdi. Ko’zi go’zallikni ko’rar, yuragi esa ko’rmasdi.
― Emma, senga bir gap aytishim kerak.
Brainning ovozi o’zgargan edi. Emma unga qaradi. Qattiq, his-tuyg’usiz ko’rinadigan bu odam ayni damda rulni bo’g’ib olgan barmoqlarini bo’shatolmayotgandek edi.
― Bilasanmi, men juda afsusdaman. Janozaga bora olmaganim uchun. Xabar menga juda kech yetib keldi. Eshitishim bilanoq samolyotga yugurdim, lekin barcha reyslar to’xtatilgan ekan. Mashinada yo’lga chiqdim, yo’l esa dovul sabab yopib qo’yilgan edi. Ikki kun ochilishini kutdim. Shunda ham kech qoldim. Qanday uka bo’ldim, ayt. Opam mendan aniq xafa bo’lgan.
― Hech qisi yo’q, tog’a, ― dedi Emma past ovozda. ― Siz ham buni xohlamagansiz. sizni albatta tushunardi. U sizni doim yaxshi ko’rardi.
Brain jim qoldi. Yo’lning chetidagi daraxtlar qorayib, ortga o’tib borardi.
― Men ham oyingni juda yaxshi ko’rardim, ― dedi u nihoyat, ovozi titrab. ― Ota-onamdan keyin hayotdagi yagona suyanchim opam edi. O’zi meni o’qitdi, ishga joylashtirdi. Xudoyim… uni yo’qotganimni hali ham qabul qila olmayapman.
Brainning ko’ziga yosh keldi. Emma buni ko’rdi va nima qilishni bilmay qoldi. Tabiatan qattiqqo’l, sovuq tuyulgan bu odam, hayotidagi yagona yaqinini yo’qotgan bu odam, endi uning oldida kichik bola kabi ojiz edi. Emma uning qo’lini ushlashni istadi, lekin jur’at qilolmadi. Faqat yuragida bir narsa qimirladi: yolg’iz men emasman, degan tuyg’u.
― Meni kechir, ― dedi Brain ko’zini artib. ― Seni ham yuragingni ezib yubordim.
― Hechqisi yo’q. U sizning ham yaqiningiz bo’lgan.
Brain bir zum jim turdi, keyin ehtiyotkorlik bilan so’radi:
― O’zing men bilan ketishni rostan xohlaganmiding? Ya’ni seni majburlab olib ketmayapmanmi?
― Yo’q, yo’q. O’zim xohladim. Oyimdan keyin yagona qarindoshim siz, ― dedi Emma va bu safar uning ovozida yolg’on yo’q edi.
― Amakingchi?
― Ularni janozagacha ko’rmagan edim.
― Ha, unaqada haqsan.
Emma derazaga yana qaradi. Yomg’ir kuchaygan, shisha ortidagi dunyo xira va yumshoq bo’lib qolgan edi.
― Oyim ham siz bilan qolishimni xohlagan edi, ― dedi u sekin. ― Balki o’zi o’sib-ulg’aygan joyda ulg’ayishimni istagandir.
― Ha. Bu yer haqiqatan ham ajoyib joy. Senga yoqadi.
Ular shunday gaplashib, kichkina, biroq yovvoyi tabiati va sirli hikoyalari bilan mashhur Greendale shaharchasiga kirib kelishdi. Aslida u ko’rinishidan unchalik ham kichik emasdi. Ko’chalar tor, uylar eski, har burchakda o’tmishdan qolgan bir sir yashiringandek edi. Brainning uyi esa shahar chekkasida, o’rmon yonida joylashgan bo’lib, xuddi jimgina yashirinib turgandek ko’rinardi.
― Mana, keldik. Bu endi bizning uyimiz.
Uy katta edi: ikki qavatli, keng balkonli. Unchalik zamonaviy ko’rinmasa ham, shinamligi darrov ko’zga tashlandi. Emma hayrat bilan qarab turdi.
― Shu yerda yashaysizmi?
― Nima, chayla kutgan eding? ― hazillashdi tog’asi.
― Yo’q, lekin bunchalik katta va chiroyli bo’lishini ham kutmagandim. Axir siz yolg’izsiz-ku.
Eshikni ochib ichkariga kirishdi. Hamma narsa joy-joyida, toza va tartibli edi.
― Hey, yolg’izligimni yuzimga solma, kichkintoy. Men shunchaki tozalikni yoqtiraman.
― Ajoyib. Men bo’lsam hamma yoqda rasmlar, hujjatlar, dalillar sochilgan uyni kutgandim. Sheriflar shunday bo’ladi-ku.
― Umuman olganda, hali ham shunday. Faqat xonamda. Men ish bilan hayotni aralashtirishni yoqtirmayman.
― U yerga kirsam bo’ladimi?
― Yo’q, yo’q. Hozir emas.
Aslida Brain ummuman ozoda emas edi. Emma aytganidek, uning uyida hamma yoqqa hujjatlar va dalillar yoyilib yotardi. Faqat qizning ko’ziga bunday ko’rinish tushmasin, deb xizmatchi yollab, hammasini tozalatib qo’ygandi. Buni Emma bilmasdi.
― Ho’sh, narsalaringni menga ber. Tepa qavat seniki. Xohlagan xonani tanla, istasang, barchasini ol.
― Rostanmi? Hammasini?
― Hammasini. Sen chiqib ko’rib tur, men narsalaringni olib chiqaman.
Shunday deb Brain mashinaga chiqib ketdi. Emma zinapoyadan yuqoriga ko’tarildi. Ikkinchi qavat juda go’zal edi: hech qanday ortiqcha narsa yo’q, faqat tinchlik va xira yorug’lik. Ikkita xona, bitta yuvinish xonasi. Ikkala xonaning ham balkoni bor edi, faqat biri shaharga, ikkinchisi o’rmonga qarab turardi. Emma bir zum ikkilanib qoldi. Keyin o’rmonga qaragan xonaning eshigini ochdi, balkonga chiqdi.
Pastda, qorayib borayotgan daraxtlar ostida, oltin va qizil barglar gilamdek to’shalgan edi. Shamol o’rmon ichidan sovuq va nam hid keltirardi. Tuproq, yomg’ir, chirigan barg hidi edi bu. Emma ko’zini yumib, chuqur nafas oldi. Ota-onasi bilan o’tgan so’nggi kuzlar ko’z oldidan o’tdi, va ko’kragidagi og’riq bir zum kuchaydi. Lekin o’rmon jim edi. U hech narsa so’ramasdi, hech narsa va’da qilmasdi. Shu jimjitlikda Emma birinchi marta bugun o’zini biroz bo’shashgandek his qildi.
― Ho’sh, qaysi xona yoqdi senga? ― Brainning ovozi eshik oldidan eshitildi.
― Menimcha, buni. Bu yerdan tabiat juda chiroyli ko’rinar ekan.
― Aniqmi? Shaharga qaragani yaxshi emasmi?
― Yo’q. Menga ko’proq tabiat yoqadi.
―Bu haligi..
―Onamni xonasi bilanaman. Aytib bergandilar.
― Mayli, o’zing bilasan. Bu hamma narsangmi?
U Emmaning qo’lidagi ikkita sumkaga qaradi.
― Ha, hammasi shu.
― Xo’p. Afsuski, xona hali bezatilmagan. Senga nima yoqishini bilmadim. Shuning uchun, rozi bo’lsang, ertaga borib o’zing tanlasang, sotib olamiz. Qarshi emasmisan?
― Yo’q, bo’ladi. Rahmat sizga.
― Men unda pastda bo’laman.
― Yaxshi.
Brain ketdi. Emma yolg’iz qoldi. U o’zini qanchalik xursand ko’rsatishga urinmasin, ko’zlaridagi g’amni yashirib bo’lmasdi. Axir ikki oy oldin u ota-onasini yo’qotgandi. Balkon panjarasiga suyanib, u yana o’rmonga tikildi. Yomg’ir yana mayda-mayda yog’a boshlagan, barglar esa jimgina, birin-ketin yerga qo’nardi.
Qanday ajoyib hid. Kechasi yomg’ir yog’ganga o’xshaydi.
Emma ko’zini endigina ochgan, hali o’rnidan turmagan edi. Xona bo’g’iq va sovuq, derazadan kulrang tong nuri sizib kirardi. U ko’rpani ustidan sekin surib, yalangoyoq polga tushdi va balkon eshigini ochdi.
Sovuq havo yuziga urildi. O’rmon tuman ichida uxlab yotardi, daraxtlarning uchi bulutga singib ketgan, ostida esa nam tuproq va chirigan barg hidi tinmay ko’tarilardi.
— Xuddi aytganimdek, — deb pichirladi u o’zicha. — Havo qanchalar toza. Men shunaqa sovuq havoni yoqtiraman.
Uzoqda, daraxtlar orasida, nimadir qimirlagandek bo’ldi. Emma uzoq tikildi, lekin faqat tuman edi. U yelkasini qisib, ichkariga kirdi.
Bugun uning yangi maktabdagi birinchi kuni edi. Emma kiyinib, sumkasini olib pastga tushdi. Oshxonada yog’ va shakar hidi anqirdi, stol ustida ponchiklar tizilib turardi. Brain plita yonida turib, o’zining bu “san’ati”dan biroz xijolat tortib turardi.
— Hayrli tong, tog’ajon.
— Hayrli tong, Emma. Ponchik pishirdim. Boshqa narsa qilishni bilmayman ham.
— Mazali ko’rinyapti.
Brain unga bir zum sinchkov tikildi, go’yo qizning yuzidan nimanidir o’qimoqchi bo’lgandek.
— Emma, chindan ham maktabni bugundan boshlamoqchimisan? Xohlasang, keyinroqqa surishimiz mumkin.
— Yo’q, tog’a. Hammasi joyida. Boshlayvera man.
— Mayli. Lekin xohlamay qolsang, qaytib kel. Hech kim seni majburlamaydi.
— Albatta. Siz biram mehribonsiz.
— Yaxshi. Tushligingni ol, men tashlab qo’yaman.
Emma sumkasini yelkasiga ilib, eshik tomon yurdi. Maktabga tayyormanmi, yo’qmi, bilmayman. Lekin nimadir qilishim kerak. U shu xayol bilan ostonadan o’tayotgan edi.
Shu payt o’rmon tomondan ovoz keldi.
Bu na hayvon tovushiga, na shamolga o’xshardi. Uzoq, cho’ziq, go’yo kimdir tuproq ostidan turib nafas olayotgandek. Emma qotib qoldi. Ovoz bir zum davom etdi va keyin, xuddi hech narsa bo’lmagandek, so’ndi.
Uy bilan o’rmon o’rtasida katta ko’l yastanib yotardi. Suvi qora, sokin, sirtida bir dona to’lqin yo’q edi. Ko’lning butun bo’yi bo’ylab esa tikanli sim to’siqlar cho’zilgan, zang bosgan simlar ustida esa nam tomchilar muzday yaltirardi.
— Bu sim to’siqlar nima uchun? — deb so’radi Emma.
Brain javob berishdan oldin ozgina jim qoldi.
— O’rmonga o’tmaslik uchun. U yer xavfli. Yovvoyi hayvonlarga to’la. Ko’lda esa ilonlar bor.
— Qiziq joyga o’xshaydi.
— U yerga o’tish taqiqlangan. — Brainning ovozi keskin, deyarli qattiq chiqdi. Emma bunday ohangni birinchi marta eshitgan edi. — Menga va’da ber, u yerga hech qachon o’tmaysan. Ko’lning yoniga ham bormaysan.
— Nima uchun?
— Va’da ber. Bu senga qo’yadigan yagona talabim.
Emma tog’asining ko’ziga qaradi. Unda g’azab yo’q edi. U yerda boshqa narsa bor edi, qo’rquvga o’xshagan, lekin qo’rquv deb atashga jur’at etib bo’lmaydigan narsa.
— Xo’p. Va’da beraman.
Brain sekin nafas chiqardi va uning yelkalari bo’shashdi.
Ular mashinaga o’tirishdi. Mashina yo’lga burilganda, Emma orqa oynadan o’rmonga bir qarab oldi. Qora ko’l tuman ichida jim yotardi, o’rmon esa go’yo unga javob berishga shoshmayotgandek kuzatib turardi.
Devor ustidagi kapitan
Xohlaganimdek, devor qorovullari boshlig’i ham bo’ldim. Nega baribir xursand bo’lolmayapman?
Orzusiga o’ttiz yil deganda erishgan Jony bugun kapitan edi. Yelkasidagi yangi qora nishon shamda xira yaltirar, lekin ko’kragining chuqurida, yurak urmaydigan joyda, bir bo’shliq zangdek ildiz otib borardi. Nimadir yetishmasdi. U nima ekanini bilardi, faqat o’ziga aytishga jur’at qilolmasdi.
Qorovullar zali qo’rg’oshin devorlar orasida, mash’alalar tutuni ostida jimirlab turardi. Hamkasblari uni o’rab olgan edi.
— Tabriklaymiz, kapitan!
— Muborak bo’lsin, Jony!
— Bu uchun qancha mehnat qilding, dostim. Sen bunga hammadan koproq arziysan
— Rahmat, hammaga katta rahmat, — dedi Jony va yuzida ozgina, ehtiyotkor tabassum paydo bo’ldi. Kulganda tishlari uzunroq ko’rinmasligi uchun u bunga o’ttiz yil davomida o’rgangan edi. Ichida esa faxr bor edi, haqiqiy, iliq faxr. Endi u kapitan edi.
Shu payt zalning og’ir eshigi ochildi. Sovuq oqib kirdi, mash’alalar egilib, qaddini tikladi. Hamma sukut saqlab, yo’l ochdi. Ostonada Blackthorn akademiyasining direktori, Shekspir xonim turardi. Uning yuzi bo’r kabi oqarib, ko’zlari eski qondek quyuq edi.
— Xayrli kun, xonim, — dedi Jony ta’zim qilib.
— Xayrli kun, kapitan. Bunga arzirding. Ko’p harakat qilding.
— Rahmat, xonim. Hammasiga sababchi siz.
Direktor bir zum uni sinchiklab kuzatdi, go’yo suyagigacha ko’rib turgandek.
— Ko’p kamtarlik ham kibrdan, kapitan, — dedi u sekin. — Mukofoting bir litr tirik qon. Sof, issiq, hali tomirida titrab turgan qon. Shunga arziysan.
Zalda hamma nafasini ichiga yutdi. Bunday ne’mat kamdan-kam kishiga nasib qilardi.
— Minnatdorman, xonim.
Direktor bosh irg’ab, qorong’i yo’lakka singib ketdi. Uning izidan sovuq ham cho’kib ketdi.
Jony esa qo’lini ko’tardi.
— Hammaga bir stakandan qon keltiring. Mening hisobimdan.
Zalni xursand shovqin bosdi. Qora sopol krujkalarda qon shitirlab quyildi, mis kabi hid ko’tarildi. Jony ham bir stakanni ushlab oldi, lekin tomog’idan zo’rg’a o’tdi. Bu qon bir paytlar unga jonli tuyulmasdi, lekin endi u qonning ta’mini bilardi, o’ziga qaytib kelgan qiyofasi bilan birga. Bu yerga birinchi kelganida, o’ttiz yil oldin, u o’zini tuta olmaydigan, ochlikdan aqldan ozgan maxluq edi. Devorlar uni ushlab qolgan, ushlab turib odam qilgan edi. Endi esa u shu devorlarning boshlig’i.
Zal shovqiniga yana bir zum quloq solib, u jimgina o’rnidan turdi. Hech kim ko’rmadi. Yoki ko’rdi-yu, tegmadi.
Tashqarida endigina kun yorishardi. Jony devor poyiga yetganda, boshini ko’tarib, tepaga qaradi. Sakson metr. Qalin, qora tosh devor osmonga qarab ketgan, uchi bulutlarga singib yo’qolgan. Odam bolasi uni chiqishga umr sarflardi. U esa yerga yengil urinib, bir sakrashdayoq havoga ko’tarildi. Shamol plashini yirtib olguday burdi, tosh ostidan o’tib borardi, va u bir lahzada eng tepada turardi.
U devor cheti-ga o’tirib oldi, oyoqlarini bo’shliqqa osiltirdi. Pastda Blackthorn akademiyasining yorug’lari kichik qizil uchqunlardek miltillardi. Oldinda esa o’rmon. Cheksiz, qop-qora, shamoldan to’lqinlanayotgan o’rmon.
Jony unga uzoq tikilib qoldi. Ko’zlari qimirlamasdi. Go’yo kimnidir kutayotgandek. O’ttiz yildan beri kutayotgandek. Kapitanlik unga kerak emas edi. U hech qachon buni istamagan edi. O’ziga bu haqda aytishga jur’at qilolmagan orzu esa boshqa joyda, o’rmonning narigi tomonida, tunning ichida qolib ketgan edi.
Bo’ri bolasi
Bugun Liamning akademiyadagi birinchi kuni edi. U bu kunni butun vujudi bilan yomon ko’rardi.
Beastmasterlar xonadonining zali ertalabki sukunatga cho’mgan edi. Kaminda olov past, ohista yonar, eman javonlarda eski kitoblar tizilib turardi. Devorga qadimiy gobelen osilgan: shohona burgut va uning ostida bosh egib turgan sher. Stolda kumush choynak bug’ chiqarardi. Bu yerda hech kim baqirmasdi. Bu xonadonda ovozni ko’tarish nodonlik hisoblanardi. Shuning uchun bugungi jimlik ayniqsa xavfli edi.
— Dada, balki kerak emasdir. Bormay qo’ya qolsam, — dedi Liam.
Alex piyolasini sekin stolga qo’ydi. Yelkasidagi to’q rangli plash Kengash a’zoligining yangi belgisi edi, uni kiyganiga hali bir hafta ham bo’lmagan.
— Borasan. Meni Kengash a’zoligiga nihoyat qabul qilishdi. Endi hammasini barbod qilmoqchimisan?
— Menga bu akademiya kerak emas. Axir hayvonim bor.
— Alex, qo’ysang-chi, bolani majburlama, — dedi Feya yumshoq ovozda.
— Feya, azizam, men Beastmasterlar sardori, qabila boshlig’i bo’lsam-u, o’g’lim o’ziga it bolasi topib olgan bo’lsa? Bu sharmandalik. Akademiyada hammasini qaytadan o’rganadi, yangi bilimlar oladi.
— Dada, u it emas. Bo’ri.
— Ha. Naslsiz, yovvoyi bo’ri. Qanday dahshat.
— Dada, axir…
— Boshqa gap eshitishni xohlamayman. Tayyorlan.
— Oyi…
— Otang haq, o’g’lim. Bo’lajak sardor bo’lish uchun o’qish kerak.
Liam kulib yubordi. Bu kulgi emas, sovuq, sinuvchan tovush edi.
— Siz ham otam tomonsiz. Kimdir menga quloq soladimi o’zi bu uyda? Yuraver, rost, bu uyda biz ortiqchamiz.
U “biz” deganda yolg’iz o’zini nazarda tutmagan edi. Buni faqat o’zi va zinapoya tagidagi qorong’ilikda yotgan sariq ko’zlar bilardi.
Liam xonasiga kirib, eshikni shunday yopdiki, javondagi kitoblar titrab ketdi.
— Qanday beodob va qaysar, — dedi Alex tishlari orasidan.
— U hali bola, azizim.
— Bolaga yon berib bo’lmaydi.
Feya javob bermadi. Bir zum eshik tomon qarab turdi, keyin erining yelkasiga qo’lini qo’ydi.
— Yaxshi bor, birinchi ish kuning yaxshi o’tsin, azizim.
— Rahmat, azizam. Liam…! Liammm…!
Otaning ovozi uy bo’ylab yangradi. Shundan keyingina eshik g’ijirlab ochildi. Liam sumkasini yelkasiga ilib, ko’zini polga tikkancha chiqdi.
Yo’lakda u to’xtab, ustidagi kiyimga qaradi. Akademiyaning qora formasi og’ir, qattiq gazlamadan tikilgan, yoqasi bo’g’ib turardi. Kumush tugmalar sovuqdan ter chiqargan tosh kabi nam yaltirardi.
Naqadar xunuk forma, deb o’yladi u. Xuddi qafas.
Zinapoya tagidan past, deyarli sezilmaydigan bir ingrash eshitildi. Liam u tomonga qaradi. Qorong’ilikda ikki sariq nuqta bir lahza miltilladi, keyin so’ndi. Beastmaster boshqa hayvonlarning tilini tushunadi, lekin faqat o’zining hayvoni bilan jimlikda gaplasha oladi. Liam uning bir og’iz so’zsiz aytgan gapini eshitdi: Men shu yerdaman.
U hech kim ko’rmasin, deb qo’lini ko’ksiga qo’ydi.
Birinchi kun
Greendale o’rta maktabi shahar markazida turardi. Bino yangi bo’lsa ham, yillar izi allaqachon tushib ulgurgan: devorlari nam kuydirgan, derazalari tor, hovlisida esa keksa chinorlar sarg’ayib turardi. Mashina darvoza oldida to’xtaganda, Emma nafasi oynada bug’ bo’lib qolganini payqadi.
— Xohlasang, ichkarigacha kuzatib qo’yaman, — dedi Brain.
— Yo’q, tog’a. O’zim.
— Chiqishingda menga qo’ng’iroq qil, olib ketaman.
— Xo’p, yaxshi ishlang.
U mashinadan tushdi. Shamol yuziga sochini urib o’tdi. Uning siliq va qizil sochlari oftobda yaltirab, soyada qora-qizilga tovlanardi. Oppoq, cho’ziq yuzida, xuddi tunning ikki bo’lagidek, katta qora ko’zlari turardi.
Emma maktab yo’lagiga kirgan zahoti hamma unga qarab qoldi. U buni sezdi va ichida yoqimsiz bir noqulaylik qimirladi. Har bir nigoh terisiga tegib o’tgandek edi.
— Siz Darcy xonim bo’lsangiz kerak?
Muloyim ovoz eshitildi. Emmani sochlari oqargan, yuzi mehribon, ko’zlari tabassumdan ajinlashgan keksa ayol kutib oldi.
— Xayrli kun, xonim. Ha, men Emma Darcyman.
— Men Rita xonim bo’laman. Sizning kitoblaringiz va dars rejangiz shu yerda, telefonda kelishganimizdek.
Rita xonim gapirganda doim kulib gapirardi.
Ajoyib, mehribon qari xonim, deb o’yladi Emma.
— Mana bu sizning shkafingiz.
— Minnatdorman.
— Qani, yuring, sizni yangi sinfingizga olib boraman.
Ular yo’lak bo’ylab yurishdi. Atrofdagi pichir-pichirlar Emmaning quloqlariga yopishib borardi. Yangi qiz… Ko’rdingmi soch rangini? Kim ekan bu? U boshini biroz egib, jimgina yurishda davom etdi.
Rita xonim sinf eshigini ochdi.
— Xayrli tong, bolalar! Bugun sizlarga yangi o’quvchi keldi. Marhamat, kiring.
Emma xijolatli qadam bilan ichkariga kirdi. Sinfdagi hamma nigoh unga qadalgan edi. Bolalar sukut saqlardi, qizlarning yuzida esa hasad shu’lasi yonib borardi. Buni ko’rish uchun kuzatuvchi bo’lish shart emasdi.
— Tanishinglar, bu Emma Darcy. Shaharga yaqinda ko’chib kelgan. Chiqishib ketasizlar degan umiddaman.
Emma orqadagi bo’sh joyga borib o’tirdi. Lekin hali ham hamma unga qarab o’tirardi.
— Chalg’imaymiz, darsga e’tibor qaratinglar, — dedi o’qituvchi.
Shundan keyingina sinf o’z ishiga tushdi. Qog’ozlar shitirladi, partalar g’ichirladi.
Emmaning oldida o’tirgan yigit esa sumkasini titkilay boshladi. U yon cho’ntaklarini ham paypaslab ko’rdi, stol ostiga engashdi, yana sumkaga qaytdi. Nihoyat u o’girildi, endi Emmadan nimadir so’ramoqchi edi.
Emma allaqachon qo’lida ruchka tutib turardi.
— Oo, rahmat, — dedi yigit.
U hayrat bilan Emmaga qaradi. Bu qiz hali og’zini ochmasidan uning nima kerakligini bilib qo’ygandek edi.
Dars tugadi. Sinf shovqinga to’ldi, partalar g’ichirladi, o’quvchilar bir-biriga chaqirishib chiqib keta boshladi.
Emma butun kun davomida deyarli hech kim bilan gaplashmagan, hech kim bilan tanishmagan edi. Endi u kitoblarini shkafga taxlab, jimgina ketishga shoshildi. Orqasidan kimdir uni chaqirdi.
— Hey, to’xta! Ruchkang qolyapti!
Emma orqasiga o’girildi. Bu ertalab undan ruchka olgan yigit edi.
— O’zingda qoldira ber, — dedi Emma.
— Menda bor. Bu seniki, rahmat.
— Yaxshi.
— Edvard.
Yigit ismini aytib, qo’lini cho’zdi. Emma tanishishni yoqtirmasdi. Har bir yangi ism unga yana bir majburiyat bo’lib tuyulardi. Lekin cho’zilgan qo’lni qaytarishni ham istamadi. Bu qo’lda ertalabki ruchkaning iliqligi yo’q edi, faqat ochiq, dangasa, ammo samimiy bir intilish bor edi.
— Tanishganimdan xursandman, — dedi u va qo’lni siqdi.
— Sen Emma bo’lsang kerak-a?
— Ha, shunaqa.
— Qayerdan kelding?
— Nyu-Orleandan.
— Yaxshi joy bo’lsa kerak, a? O’zi nimaga bu yerga ko’chib kelding?
Emma bu savolga javob berishni xohlamadi. Ko’kragidagi og’riq yana bir lahzaga qimirlab o’tdi. U biroz xijolat bilan shkafini yopdi. Metall eshik qattiq taraqladi.
— Men ketishim kerak edi.
— Yaxshi.
Emma yo’lakka yo’nalgan edi, orqasidan yana ovoz keldi.
— Emma.
U to’xtab, o’girildi.
— Meni kechir.
— Nimaga?
— Xafa qilib qo’yganim uchun.
Emma unga bir zum tikildi. Edvardning yuzida na hazil, na mensimaslik bor edi. Faqat kichkina, chin dildan xijolat.
— Xafa bo’lmadim, — dedi u.
Va bu safar u o’z so’zlariga o’zi ham ishondi.
Emma tashqariga chiqqanda hovli bo’m-bo’sh edi. Darslar tugaganiga ancha bo’lgan, o’quvchilar tarqab ketgan, chinorlar ostida faqat shamol barglarni g’ijirlatib sudrardi. Osmon past, kulrang, ertalabkidan ham og’irroq.
U telefonini olib qaradi. Brainning ovozli xabari kelgan ekan. Emma quloqchinni qulog’iga qistirib, xabarni bosdi.
— Emma, kechir. Ishim chiqib qoldi, o’zim kela olmayman. — Tog’asining ovozi charchoqdan bo’g’iqroq, orqada esa raciyaning xirillashi eshitilardi. — Shahar markaziga bor, ozinga kerakli kongling tusagan hamma narsani ol. Mening kartamdan to’lay ber, qarshilik qilma. Ish bitgach, qongiroq qil, o’zim borib olib ketaman. Xo’pmi?
Emma xabarni tinglab bo’lgach, bir zum telefonga tikilib qoldi. Brainning ovozidagi xijolat uning yuragini yumshatdi.
Xabarni yana bir marta eshitayotganda, yo’lning narigi tomonida qora mashina sekin to’xtadi. Derazalar ochildi.
— Hey, qizil soch! — Ovoz kulgi bilan aralash chiqdi. — Yangi qizsan-a? Biz bilan yur aylanib kongil hushlik qilamiz
Mashinada uch-to’rt yigit bor edi, ular Emmadan kattaroq, yuzida bir xil, yoqimsiz qiziqish. Emma indamadi. U quloqchinni olib, telefonni cho’ntagiga soldi va yo’lida davom etdi.
Mashina sekin unga ergashdi.
— Hoy, senga gapiryapmiz! — Biri eshikni ochib tushdi, keyin ikkinchisi. — Nima, karmisan?. Noz qilmasangchi.
Emma to’xtadi. Sekin o’girildi.
Uning qorong’i ko’zlarida na qo’rquv, na g’azab bor edi. Bu ikkalasidan ham yomonroq narsa edi: sokin, muzdek bo’shliq. Yigitlar bir qadam yaqinlashgan edi, lekin qizning nigohi ularni qo’yib yubormadi.
— Agar hozir ketmasanglar, — dedi Emma past, deyarli pichirlab. — Ko’zlaringni yulib olib, o’zlaringga yediraman.
Bu gap na baqiriq, na tahdid tovushi bilan aytildi. U shunchaki bir haqiqatni aytgandek gapirdi, ovozi bir tekis, hatto biroz zerikkan.
Yigitlarning kulgisi so’ndi.
Havo nimadir bilan og’irlashdi. Yo’l chetidagi chinorlar shamolga qarshi qimirlamay qoldi. Yuqoridagi bir uy chiroqlarining biri miltillab o’chdi. Yigitlarning biri beixtiyor orqaga tisarildi, keyin yana bir qadam.
— Aqldan ozgan ekan! — pichirladi kimdir.
Ular mashinaga otildi. Eshiklar taraqlab yopildi, shinalar asfaltda chirqillab, mashina burilishda ko’zdan g’oyib bo’ldi.
Emma unga jimgina qarab turdi. Keyin nafasini chiqarib, sumkasini yelkasiga to’g’riladi. Qo’llari sal titrardi, lekin u buni ko’rsatmadi. Bunday odamlar Nyu-Orleanda ham bor edi. Faqat u yerda ular buni bilmasdi.
Greendale markazi o’z mahalla-ko’yiga o’xshash edi: tor ko’chalar, eski tosh binolar, tepasida ilib qo’yilgan xira fonuslar. Emma bu yerni bilardi. Onasi bilan bir paytlar shu yerga kelgan, faqat mehmonxonada turgan, shuning uchun ko’chalarni yodlab qolgan edi. Bu tanish yo’llar unga hozir biroz og’riq bilan, biroz mehr bilan qaytib keldi.
U birinchi bo’lib kiyim do’koniga kirdi. Qora sviter, ikkita ko’ylak, jinsi va qalin plash oldi. Ranglarni tanlashda ikkilanmadi: qora, to’q ko’k, yashil-qora, kuz va o’rmon ranglari. Keyin uy jihozlari do’konida deraza pardasi, kichik chiroq va yumshoq yostiq tanladi. Xonaning o’rmonga qaragan balkoni uchun sim jom ham ko’zi tushdi, ammo uni qo’yib ketdi.
Ohirgi do’kon eng kichigi edi. Tor, chang bosgan javonlar orasida ustma-ust qutilar terilgan, eski kameralar shisha ostida yaltirab turardi. Emma bu yerga kirganda birinchi marta ichidagi qattiq mushaklar bo’shashdi.
— Plyonka kerakmi? — deb so’radi keksa sotuvchi, ko’zoynagi ustidan qarab.
— Ha. Ikki-uch rulon. Qora-oq bo’lsin.
— Kamerangiz bormi?
— Bor. Aytmoqchimanki, yonimda yoq.
Sotuvchi bosh irg’ab, javondan rulonlarni oldi. Emma ularni qo’liga olganda, barmoqlari beixtiyor titradi. Suratga olish uning hayotidagi eng tinch narsa edi. Ota-onasi ham buni bilardi. Ular ketganidan keyin u kamerasini bir necha hafta qo’liga olmadi. Endi esa bu shahar, bu o’rmon, bu tuman uni yana ko’z oldiga olib kelgandek edi.
Balki men bu yerda yana boshlashim mumkindir, deb o’yladi u.
—Mana shu togri keladimi
—Bu ozgina kichkina sal katarogini bering
—Marhamat
—Ha bu mos keladi rahmat
U rulonlarni hisoblab, Brainning kartasini uzatdi.
Oshxona
Katta minoraning oshxonasi og’ir eman stollardan iborat, tepada temir qandillar osilgan, hidiga qovurilgan go’sht va issiq non aralashib ketgan edi. Navbat devor bo’ylab cho’zilgan, o’quvchilar taomlarini olish uchun bir-biriga turtinib turishardi.
Liam navbatda turgan edi, qo’lida bo’sh laganda, oldida esa ikki-uch kishi qolgan edi. Shu payt Markusning guruhidan ikkitasi uning yonidan o’tib ketayotib, “tasodifan” uning oldiga o’tib olishdi.
— Nariroq tur bolakay, — dedi biri, hatto ortiga ham qaramay. — Kattalar birinchi.
Liam jag’ini qattiq qisdi, lekin jang qilishga vaqti yo’q edi. U jim qoldi, faqat ularning ortida yana ikki kishi kirib olganini ko’rdi. Navbat uning oldidan sirg’alib o’tib ketardi.
Nihoyat u ovqatini oldi: bug’lanib turgan sho’rva, non bo’lagi va suv to’la stakan. Qo’llari band, ko’zi bo’sh joy izlab zalni kezdi. Shu payt kimdir yonidan o’tib ketdi, u chaqqonlik bilan burildi va…
— Voy!
Lagandagi sho’rva chayqalib ketdi va yarmi, to’g’ridan-to’g’ri, uning oldida turgan qizning plashiga sachradi.
Fiona.
Qiz qotib qoldi. Sho’rvaning issiqligi plashidan sizib, ostidagi ko’ylagiga yetib bordi. Zal bir zumda jimib qoldi, yaqin atrofdagilar hammasi ularga qarab qoldi.
— Sen… — Fionaning ovozi past, lekin xavfli edi. U plashiga qaradi, keyin Liamga. — Sen nima qilding? Tonka!
— Men… kechir. Men ko’rmadim, — dedi Liam, laganini pastga tushirib. — Men ataylab qilmadim, ishon menga.
— Bu plash — bu… — Fiona so’zini tugatmadi. U chuqur nafas oldi, ko’zlarini yumdi, xuddi o’zini bosishga urinayotgandek. Qo’lidagi barmoqlari uchida bir zumga kichik uchqun chaqnab o’tdi, keyin so’ndi. — Men hozir seni qurbaqaga aylantirib qoyaman!!!
— Iltimos, bunday qilma, — dedi Liam, jiddiy ovoz bilan, lekin ko’zlarida ozgina kulgi bor edi. — Men allaqachon yetarlicha dushman orttirdim bugun.
Fiona unga bir zum tikildi, so’ng plashini yechib, qo’liga oldi.
— Mendan uzoqroq yurda uyoq tagida oralashma pandavaqi — dedi u sovuq ohangda va boshqa hech narsa demay, ketib qoldi. Uning ortidan bir necha kishi pichirlab kulishdi.
Liam nafasini chiqardi va zalga qaradi. Endi bo’sh joy topish undan ham qiyinroq bo’lib qoldi. Beastmasterlar stoli Markusning guruhi bilan to’la edi, ular Liamni ko’rib, ataylab yon-atrofdagi bo’sh joylarni band qilib qo’yishdi, sumkalar, laganlar bilan. Afsungarlar stoliga borish esa aqldan emasdi, u yerda hozirgina Fiona borib o’tirgan edi.
U zalni bir-bir aylanib chiqdi. Hamma joy yo to’la, yo unga qarab kulib turgan yuzlar bilan band edi. Hech kim yer taklif qilmadi. Hech kim ko’zini olib ham qaramadi.
Ajoyib birinchi kun, deb o’yladi u achchiq kulimsirab.
Shu payt u zalning eng chetidagi, deraza yonidagi kichkina stolni ko’rdi. U yerda faqat bitta qiz o’tirardi, yolg’iz, laganida esa faqat faqat xom gosh va qorong’i qizil suyuqlikka to’la stakan. Uning oq yuzi, qop-qora sochlari va sovuq, uzoq nigohi uni boshqalardan darhol ajratib turardi. Hech kim uning yoniga o’tirmasdi, hatto stolning atrofidagi joylar ham bo’sh, xuddi kimdir chegara chizib qo’ygandek.
Bu Jean edi.
Liam bir zum ikkilandi. Keyin, boshqa iloji qolmagani uchunmi, o’sha tomonga yurdi.
— Bu yer band emasmi?
Jean sekin boshini ko’tardi. Uning ko’zlari to’q qizil tusga chalingan, unga uzoq, sinovchan tikildi, go’yo har bir harakatini o’lchayotgandek.
— Yoq otiraver , — dedi u nihoyat, ovozi past va notekis. — Qo’rqmaysanmi?
— Bugun allaqachon bitta qizni sho’rvaga cho’mdirdim va bir nechta dushman orttirdim, — dedi Liam, lagansini stolga qo’yib. — Qo’rqish uchun kuch qolmadi.
Jeanning lablarida bir zumga, deyarli sezilmas tabassum o’tdi.
— Birinchi hafta doim ogir otadi
—Sen qachon kelding
—Uch kun oldin
Liam o’tirdi. Zaldagi shivir-shivirlar yana boshlandi, endi ikki barobar kuchliroq, lekin u bunga e’tibor bermaslikka harakat qildi.
Brainning mashinasi maktab oldiga kelganda, ko’chalarga allaqachon g’ira-shira qorong’ilik cho’kayotgan edi. Emma paketlarni orqa o’rindiqqa tashladi va yonma-yon o’tirdi.
— Kechirasan, kech qolib qoldim, — dedi Brain rulga qarab. — Do’konlarni aylanib chiqdingmi? Hammasi yetdimi?
— Ha, tog’a. Rahmat.
— Yaxshi.
Yo’l davomida ular ko’p gaplashmadi. Mashina shahar chiroqlari orasidan o’rmonga tomon sekin sirg’alib borardi. Radiodan past ovozda eski qo’shiq eshitilardi va Emma sovuq shishaga peshonasini tirab, tashqaridagi qorayib borayotgan daraxtlarga tikilardi.
Uyga yetganlarida osmon qop-qora edi. Brain paketlarni ichkariga olib kirishga yordam berdi, keyin oshxonada bir stakan suv ichmoqchi bo’lib turganda, telefoni jiringladi. U ekranga qaradi va yuzi sal qotdi.
— Tushunarli. Yo’lga chiqaman.
Telefonni qo’yib, Emmaga o’girildi.
— Shahar markazidagi bir do’konga o’g’irlik sodir bolibdi. Borib ko’rishim kerak. — U bir zum ikkilandi. — Kech bo’ldi, seni yolg’iz qoldirishni xohlamayman. Agar qo’rqsang, bormasligim ham mumkin, boshqa birovga topshirib qo’yaman.
— Yo’q, tog’a, qo’rqmayman. Bora bering.
Brain unga uzoq tikildi, go’yo qizning yuzidan hech narsa o’qiy olmayotgandek.
— Eshiklarni qulflab yot. Kerak bo’lsa, qo’ng’iroq qil. Bir soatdan keyin qaytaman.
— Xo’p.
U ketdi. Mashina tovushi so’ndi va uy chuqur, og’ir sukunatga cho’mdi.
Emma xonasiga chiqib, paketlarni polga qo’ydi. Sviterlarni javonga osdi, chiroqni tokchaga qo’ydi, yostiqni karavotga tashladi. Sekin-asta bo’m-bo’sh xona uning hidini, uning ranglarini oldi. Bu unga ajablanarli darajada yoqdi.
Kameraning yoniga plyonka rulonini qo’ydi va bir muddat unga tikilib turdi. Ertaga.
U karavotga o’tirib kitobini ochdi. Sahifalar sekin ag’darildi. Derazadan tashqarida shamol tinmay chinorlarni silkitardi, uy esa ohista g’ijirlardi, xuddi qari odamning nafas olishi kabi. Emma bir sahifani ikki marta o’qidi, keyin uchinchi marta. Fikri jamlanmasdi.
Nimadir bor edi. U uni ko’rmasdi, eshitmasdi, lekin his qilardi. Go’yo xonaning ortidagi bo’shliq unga tikilayotgandek. Terisi sovuq bir titroq bilan qisqardi.
Bu shunchaki yangi joy, dedi u o’ziga. Hammasi oddiy.
Ammo kitobni yopib, o’rnidan turdi. Balkon eshigini sekin ochdi.
Sovuq havo yuziga urildi. Ko’k-qora osmon o’rmon ustiga og’ir cho’kkan, oy bulutlar orasidan zo’rg’a ko’rinardi. Pastda ko’l qora ko’zgudek yastanib yotardi, uning sirtida bir dona to’lqin yo’q. Uzoq narida simli to’siq oy nurida xira yaltirar, ortidagi daraxtlar esa jimgina, chuqur nafas olayotgandek qimirlab turardi. Ertalab bu manzara unga qo’rqinchli tuyulgan edi. Endi esa qo’rqinchli bo’lishi bilan birga chiroyli ham edi. Juda chiroyli.
Emma xonaga kirib kamerani oldi, plyonkani solib, balkonga qaytdi. Ob’ektivni ko’tardi, va dunyo kichik oynada qolib ketdi. Sokin suv, tuman, oy nurining metallga tegib yaltirashi. U yumshoqqina tugmani bosdi: chiq. Yana bir marta. Chiq. Uning nafasi bir tekis, barmoqlari ishonchli edi. Ota-onasi ketgandan keyin birinchi marta u ichida bu xotirjamlikni topdi.
Uchinchi kadrni sozlab, ob’ektivni ko’l bo’yiga qaratdi va qotib qoldi.
Simli to’siqning narigi tomonida, suvning yonida, kimdir turardi.
Qorong’ida yuzi ko’rinmasdi, faqat kimningdir qora siluet, oyoqlarini yerga qadagan, qimir etmay tikilgandek. Erkakmi, ayolmi, hattoki odammi, anglab bo’lmasdi. Emma kameranga sekin qaradi kamerada hechnima korinmasdi. Boshini kotarib qarasa inson turadi yana kameraga qaradi hechkim yoq boshini kotarib qarasa inson gavdasi.
— Hoy! — Emma balkon panjarasidan engashdi. — Hoy, siz! U yerda nima qilyapsiz?!
Javob yo’q edi. Ovozi sovuq havoga singib ketdi. Siluet qimirlamadi. Faqat shamol uning yelkasidagi nimadir, plashmi, mo’ynami, sekin tebrantirardi.
— Eshityapsizmi? Bu yer taqiqlangan! Keting!
Hech narsa.
Emmaning yuragi kuchli ura boshladi. Uning fikri qo’rquv bilan qo’zg’alish o’rtasida bo’linib qoldi. Menga va’da ber, u yerga hech qachon bormaysan. Brainning ovozi quloqlari ostida jaranglardi. Lekin u yerda odam turgan bo’lishi mumkin. Ehtimol, adashgan, ehtimol, xavf ostida, ehtimol…
U kamerani karavotga tashladi, plashini yelkasiga ilib, zinapoyadan yugurib tushdi. Shoshilib etigini kiyarkan, qo’llari titrar, tugmalarni to’g’rilashga vaqti yo’q edi. Eshikni ochdi va sovuq tun uni o’z bag’riga oldi.
Emma zinapoyadan pastga yugurib tushdi, eshikni ortidan yopdi va sovuq, nam o’tlar ustidan ko’l tomon yo’l oldi. Tuman oyoqlari ostida qaynardi. Har qadamda Brainning ovozi jaranglar edi: Ko’lning yoniga ham bormaysan.
U simli to’siq oldida to’xtadi. Zang bosgan tikan simlar oy nurida xira yaltirardi. Bu yerdan nariga bir qadam ham tashlamaydi, deb o’ziga va’da berdi. Faqat shu yergacha.
Endi u aniq ko’rardi. Ko’l bo’yida, qop-qora suvga tikilgancha, yosh yigit turardi. Yelkasida uzun qora plash, shamol uning etaklarini sekin, xuddi tirikdek tebratardi. Bo’yi baland, yelkalari tik, u qimir etmasdi.
— Janob! — chaqirdi Emma. — Kechirasiz, janob!
Yigit sekin boshini ko’tardi. Ikki oradagi yigirma metrlik qorong’ilik orqali u qizga qaradi va qotib qoldi.
Bo’lishi mumkin emas, deb o’yladi u. U meni ko’ryaptimi?
— Kechirasiz, janob! U yerga kirish taqiqlanadi! — Emma bor ovozi bilan baqirardi. Ovozi sovuq havoda titrab, o’rmon ichiga singib ketardi.
— Siz o’zingiz kimsiz? — Yigitning ovozi qorong’ilikdan keldi, past, sokin va nimadir bilan sal hayratlangan. — U yerda nima qilyapsiz?
— Men shu yerda yashayman. Iltimos, u yerdan chiqing. U yer taqiqlangan hudud, deyapman!
Yigit bir zum jim qoldi. Uning ovozi endi biroz o’zgargan, ehtiyotkor bo’lib qolgan edi.
— Siz meni ko’ryapsizmi?
— Ha. Ko’rmasligim kerakmidi?
Shu payt Emmaning cho’ntagida telefon jiringladi. U cho’chib ketdi. Ekranda Brainning ismi yonib turardi.
— Salom, Brain… Yo’q, yo’q, nima gap, qo’rqmayapman. Ha, uydaman, hammasi joyida. Haligi…
U telefon bilan gaplashish uchun beixtiyor yon tomonga o’girildi. Endi tog’asiga to’siq narigi tomonida odam borligini aytmoqchi bo’lib, yigit tomonga qaytib qaradi.
Ko’l bo’yi bo’sh edi.
Yigit turgan joyda faqat tuman sekin siljirdi, qora suv esa sirtida bitta ham halqa qoldirmagandi. Emma so’zlarini yutdi.
Ketdi, deb o’yladi u. Ketib qolgan bo’lsa kerak.
Va nimadir uni tog’asiga aytishdan to’xtatdi. Balki, u ko’lning yoniga kelganini tan olgisi kelmagandir. Balki, bu qo’rquvni og’iz ochib aytish uni yanada chinroq qilib qo’yishidan qo’rqqandir.
— Yo’q, yo’q, hech narsa. Yaxshi. Ishlang, demoqchi edim. Xo’p, rahmat.
Emma telefonni qo’yib, atrofga uzoq tikildi. Ko’l. Simlar. Daraxtlar. Hech kim. Faqat shamol va uzoqdagi o’rmonning bo’g’iq shivirlashi.
Jony keksa qarag’ayning tanasiga suyanib, nafasini rostlashga urindi. Bu unga odatiy emas edi: vampirlarga havo shart emas, ular shunchaki nafas olishni eslab turadi, xuddi yashagan paytlarini eslagandek. Lekin hozir ko’kragi haqiqatan siqilib turardi.
Bo’lishi mumkin emas, deb o’yladi u. U meni ko’rdi. Aniq ko’rdi.
Plashining etagi ho’l o’tga tegib turardi. Uning yuzida bir necha soniya oldin turgan qizning aksi hali ham o’chmagan edi: uzoqdan, qorong’ida ham yiltillab turgan qizil-qora sochlar, oppoq yuz, va ko’zlar. Katta, qop-qora ko’zlar, unga to’g’ri tikilgan ko’zlar. Odamlar hech qachon shunday qaramaydi. Ular Jonining yonidan o’tib ketishadi, qarab, ko’rmaydi.
Oddiy inson meni ko’ra olmaydi, axir.
Blackthorn akademiyasi shunchaki yashirilmagan edi. U qadimiy, og’ir sehr bilan o’ralgan, har bir tosh, har bir devor, har bir yo’l shu sehrning bir bo’lagi edi. Odam zoti uning yonidan o’tsa, o’rmonni ko’radi, xolos. Bo’sh, tuman bosgan, sirli o’rmon. Faqat g’ayritabiiy mavjudotlargina uning haqiqiy qiyofasini ko’ra olardi.
Yoki u ham o’zimizdanmi?
Jony bu fikrni darrov o’zidan haydadi.
Yo’q. Yo’q, o’zimizdan bo’lganida bilardik. G’ayritabiiylar shaharga yaqinlasha olmasdi. Chegara kuchli, qat’iy edi. Va agar bunday bir mavjudot chegarani buzsa, ovchi itlar uni yuz qadamdan sezardi. Ularning bo’g’iq, o’lim hidini taniydigan uvillashi butun o’rmonni tebratib yuborardi.
Jony quloq soldi. O’rmon jim edi. Itlar uxlab yotardi, yoki ularga hech narsa qilishga hojat qolmagan edi.
Shu sukunat uni eng ko’p bezovta qilardi.
U bir daqiqa oldin eshitgan narsalarini yana yodiga oldi. Qizning yuragi. Vampir sifatida u har qanday tirik jonning yurak urishini masofadan ham eshitardi. Uning yuragi tez urardi, qo’rqqan yurak. Oddiy, iliq, hayotga to’la. Unda hech qanday belgi, hech qanday iz, hech qanday g’alati bo’shliq yo’q edi.
Oddiy odam. Lekin meni ko’rdi.
Nima bu? Sehr bo’shab qolganmi? Chegarada yoriq paydo bo’ldimi?
U tanasini daraxtdan uzib, uy tomonga qaradi. O’rmon va ko’l ortidagi shinam ikki qavatli uyning balkoni tepasida bitta deraza yonib turardi. Sovuq tunda uning sariq yorug’ligi kichik, tinch, deyarli mehribon ko’rinardi. Ammo Jony u yerdan hozir sezgan nigohning og’irligini hali ham yelkasida his qilardi.
Devor tepasida
Tun hali cho’kkanicha tinch edi. Yulduzlar bulutlar orasidan zo’rg’a ko’rinar, ostidagi o’rmon esa qora dengizdek yastanib yotardi. Jony devorning cho’qqisida o’tirar, yuzida hech qanday iz yo’q edi, xuddi bir soat oldin hech narsa bo’lmagandek.
Zinapoyadan tosh taqillashi eshitildi. Uning eski do’sti, ham qorovullardan biri, Vensan yuqoriga chiqib kelayotgan edi.
— Sen bu yerda ekansan, — dedi u, Jonining yoniga o’tirib. — Kengash zalida sendan xabar so’rashdi. Direktor bilan gaplashib bo’lganingdan beri sen g’oyib bo’lding.
— Aylanaman deb chiqib ketdim. Ko’l tarafni nazorat qildim, hammasi tinch, — dedi Jony, ovozida hech qanday titroq yo’q edi.
Vensan unga bir zum tikildi, keyin yelka qisdi, javobga ishonganday.
— Kapitan bo’lganingdan beri galati bolib qolgan san
— Birinchi marta bunaqa lavozimga erishishimku axir — dedi Jony sokin kulimsirab.
Bir muddat ular jim o’tirishdi. Osmon sekin qorong’ilasha borardi, uzoqdagi o’rmon shivirlab turardi. Jony bu sukunatdan foydalanib, gapni ehtiyotkorlik bilan boshqa tomonga burdi.
— Aytgancha, — dedi u, e’tiborsizdek ohangda, xuddi bu shunchaki xayolga kelgandek. — Nima deb oyalaysan sehr abadiymikan. Ya’ni, u qachondir zaiflashishi mumkinmi?
Vensan qoshini chimirdi.
— Nima demoqchisan?
— Men — Jony yelka qisdi, ovozi baribir bir tekis. — O’ylab qoldim. Har qanday sehr abadiy emas, degan gap bor. Bir kun kelib, kimdir yon berib, chegarani ko’rib qolsa nima bo’ladi? Yani bizni orab turgan sehr bir kun yoriq hosil qilib kornib qolsakchi ?
— Toming ketib qoldimi ? — dedi Vensan sekin. — Har yili tekshiruv o’tkazishadi, sen bilasan. Hozirgacha yoriq topilmagan.
— Yaxshi. — Jony bosh irg’adi, go’yo bu javob uni qoniqtirgandek. So’ng, bir zum kutib, yana bir savol qo’shdi: — Ovchi itlarchi? Ular har doim to’g’ri ishlaydimi? Aytaylik, kimdir begona kirsa-yu, itlar sezmay qolsa?
Vensan bu safar unga to’g’ridan-to’g’ri qaradi, ko’zlarida shubha yaltirab o’tdi.
— Jony, nega bunday savollar beryapsan?
— Shunchaki qiziqyapman, — dedi Jony, yuzida hech qanday o’zgarish sezdirmay. — Kelajakda shunday narsa bo’lib qolmasin, deb o’ylayapman. Kapitan bo’lgach, bunday narsalarni oldindan bilib qo’yish kerak-ku.
Vensan bir zum unga tikilib turdi, keyin sekin kulib qo’ydi, gap shubhasiz javob topgandek.
— Itlar hidni sezadi, Jony. Qon hidini, sehr izini. Ular hech qachon adashmagan. Sen ortiqcha tashvishlanyapsan.
— Bo’lishi mumkin, — dedi Jony, uzoqqa, o’rmon ustiga tikilib. Uning ichida esa savol hamon jarangladi: unda u qanday qilib meni ko’rdi?
Vensan o’rnidan turdi.
— Kengashga borish kerak, ular seni kutishmoqda. Yur.
— Hozir boraman, — dedi Jony. — Bir necha daqiqa yolg’iz qolay.
Vensan bosh irg’ab, zinapoyadan pastga tushib ketdi. Jony esa yana yolg’iz qoldi, sovuq shamolga yuzini tutib, uzoqdagi kichkina sariq nurga tikilgancha.
Kichik minora — Kengash zali
Kichik minoraning zali sovuq, aylana shaklda edi, o’rtasida katta tosh stol, uning atrofida o’n ikkita o’rindiq. Devorlarda uch qanotning belgilari o’yib ishlangan: afsun tayoqchasi, bo’ri panjasi va qonli qanot. Shamlar zaif, sovuq yorug’lik berardi.
Jony eshikdan kirganda, hammaning nigohi unga qaratildi. U o’z o’rniga, eshikka yaqinroq turgan kichik kursiga o’tirdi.
Stolning boshida Direktor Shekspir xonim o’tirardi, uning o’ng tomonida esa o’rinbosari, janob Fell.
— Boshlaymiz, — dedi Direktor. — Birinchi masala: Kengash a’zoligiga yangi qabul qilingan Alex, Beastmaster tribasi nomidan.
Beastmasterlar tomonidan o’tirgan bir necha kishi orasidan Alex o’rnidan turib, bosh irg’adi.
— Alex, sizni tabriklaymiz, — dedi Direktor. — Endi vazifangiz ortdi.
— Rahmat, xonim. Bunga munosib bolishga harakat qilaman
Direktor bosh irg’adi va qog’ozlarni varaqladi.
— Ikkinchi masala: bu yil yangi kelgan o’quvchilar soni odatdagidan ancha ko’p. Ayniqsa Beastmasterlar tomonidan. — U Alexga qaradi. — Bundan tashqari, ko’p hayvonlar bu davrda tezroq o’sib qolgan, ba’zilari allaqachon o’z egalaridan kattaroq. Nazoratni kuchaytirish zarur, aks holda hodisalar ko’payadi.
Alex boshini irg’ab qo’ydi.
— Biz allaqachon yosh Beastmasterlar uchun qo’shimcha mashg’ulotlar rejalashtirmoqdamiz, xonim. Hayvonlarini bosh qara olmaganlar alohida nazorat ostiga olinadi.
— Yaxshi. Shuni tezroq amalga oshiring. Kapitan devor nazoratini ham kuchaytirish kerak ?
—Bizda yangilar bor xonim ular tez orada tayor boladi va devorlarga joylashtiriladi. Jony gaplarini yoqotib qoymaslik uchun shunchalik harakat qildiki gapirib bolib nafasi tezlashganini his qildi.
Direktor keyingi qog’ozga o’tdi, ovozi biroz qattiqlashdi.
— Uchinchi masala. Shahar aholisi so’nggi paytlarda hayvonlarni ko’p ko’rayotganini shikoyat qilishmoqda. Bir necha marta shahar chetida, hatto ko’chalarga yaqin joylarda yirik hayvonlar ko’rilgan. Bu xavfli. Agar oddiy odamlar biror narsani payqasa, buning oqibati hammamizga tegishli bo’ladi.
— Bizning nazoratimiz yetarli emasmi? — deb so’radi Beastmaster oqsoqollaridan biri, ovozida biroz haqoratlangan ohang bilan.
— Aftidan, yetarli emas, — dedi Direktor sovuq qat’iyat bilan. — Shu sababli hayvonlarni shahar chegarasidan uzoqroq ushlab turish, va chiqish ruxsatlarini yanada qattiqlashtirish kerak. Bu masala shu haftaning oxirigacha hal qilinsin.
— Bu devor qoriqchilarni ham vazifasi emasmi xonim axir ular kim chiqyapti kiryapti nazorat qilinishi kerak emasmi. Uch qanot rahbarlaridan biri bolgan Janob Foster deyarli barcha gapini Jonyga qarab gapirayotgandi.
—Biz odatta oquvchilarni va odamlarni nazorat qilamiz janob hayvonlar hayvonlar uchun ajratilgan hududan yurishadi.
—Bu uchun ekkala tomon ham masul janoblar.
Zalda bir zum sukunat cho’kdi, keyin Direktor uchinchi, eng og’ir masalaga o’tdi.
— To’rtinchi masala, — uning ovozi endi past, og’ir tusga kirdi. — Bu yerdan o’n kilometr narida, fermer xonadonida bir oila o’ldirilgan holda topilgan. Tergov hozircha dastlabki bosqichda, lekin izlar vampir hujumiga o’xshaydi.
Vampirlar jamiyati vakillaridan biri sekin oldinga engashdi, yuzida hech qanday hissiyot yo’q edi, faqat sovuq diqqat.
— Bizning hech birimiz bu haqda xabarimiz yo’q, xonim.
— Ishonaman, — dedi Direktor, — lekin fermaning bizga bunchalik yaqinligi tasodif emas. Agar bu bizning tomondan bo’lsa, buni Kengashdan yashirish mumkin emas. Kapitan.
Jony o’rnidan sal tikroq o’tirdi.
— Xo’p, xonim.
— Akademiya ichida so’rov-tergov ishlarini boshlang. Barcha vampir talabalar va xodimlarning so’nggi kunlardagi harakatlarini tekshiring. Ayniqsa yangi kelganlarni. — Uning nigohi bir lahzaga zaldagi vampir vakillariga qaradi. — Bu shaxsiy emas. Bu zaruriyat.
— Tushunaman, — dedi vakil past ovozda, biroz xafa ohangda.
— Jony, hisobotni menga to’g’ridan-to’g’ri bering, Kengashni kutmang, — dedi Direktor. — Va ehtiyot bo’ling. Agar bu haqiqatan nazoratdan chiqqan birov bo’lsa, u yaqin atrofda bo’lishi mumkin.
— Xo’p bo’ladi, xonim.
Direktor qog’ozlarni yig’ishtirdi.
— Boshqa masala yo’q bo’lsa, yig’ilishni yopamiz.
Kengash a’zolari birin-ketin o’rinlaridan turib, eshik tomon yura boshladilar. Jony ham o’rnidan turdi shu payt vampirlar jamiyani rahbari kelib jonyga sekin pichirladi.
—Qasamingizni unutmamg kapitan biz har qanday holatda ozimiznikilarni himoya qilamiz.
Jony bir ogir gapirishga ulgurmasdan u ketib bolgandi Shunda kapitanni boshi qotti burchimi yoki qasami.
Kunlar oralig’i
Emma o’sha kunning ertasiga plyonkasini shahar markazidagi kichkina studiyaga olib bordi. Do’konning orqasida qorong’i xona bor edi, kislotali kimyoviy hidga to’la, qizil chiroq ostida suratlar asta-sekin qog’ozda paydo bo’lardi.
U nafasini ushlab kutdi.
Birinchi surat: tuman, ko’l, oy nuri. Oddiy, chiroyli, hech qanday g’alati narsa yo’q.
Ikkinchi surat: xuddi shunday.
Uchinchi surat, o’sha kadr, siluetni ko’rgan payti tushirilgan kadr, faqat qora suv, tuman va bo’sh qirg’oq. Hech kim yo’q edi. Hech qanday soya, hech qanday belgi.
Emma suratni uzoq tikilib turdi, xuddi undan biror narsa chiqib kelishini kutayotgandek. Lekin qog’oz jim, sokin, hech narsani yashirmagan holda turardi.
Balki uzoqda bolgani uchun kamera olomagandir. deb o’yladi u, ammo ichida bunga ishonmasdi.
O’sha kundan boshlab, u yolg’iz qolgan har safar, sumkasidan o’sha suratni chiqarib olib qaray boshladi. Kitob o’qiyotganda, darsdan qaytib kelayotganda, tunda uxlay olmay yotganda: qo’li beixtiyor kamerasi yonidagi kichkina qutiga cho’zilar, u yerdan qora ko’l va bo’sh qirg’oqning suratini olar, unga tikilib o’tirardi.
Nega men buni qo’ya olmayapman?
U bu savolga javob topolmasdi. Faqat bir narsani aniq bilardi: o’sha kechadan beri, ichida nimadir o’zgargan edi. Ilgari, hattoki o’z uyida ham, hattoki o’zining xonasida ham, u har doim biroz begona his qilardi, xuddi bu dunyoga tasodifan tushib qolgandek, hech kimga, hech yerga tegishli emasdek. Odamlar orasida u sochlari va ko’zlari bilan ajralib turardi, lekin hech qachon, hech kim bilan chinakam bog’lanmasdi.
Ammo o’sha lahzada, ko’l bo’yida, o’sha notanish yigit unga qaraganda, u birinchi marta o’zini ko’rilgan his qildi. Na go’zalligi uchun, na sochlarining rangi uchun, balki xuddi u bilan bog’liq nimadir chindan ham muhim bo’lgandek.
Bu ahmoqona, deb o’yladi u o’ziga. U hatto menga bir og’iz ham yaxshi gap aytmadi. Qo’rqib qochib ketdi.
Va shunga qaramay, o’sha bir lahzalik nigoh — begona, hayratlangan, deyarli qo’rqqan nigoh — Emmaning butun so’nggi ikki oyi davomida birinchi marta o’zini shunchalik tirik his qilishiga sabab bo’ldi.
U suratni yana qutiga solib qo’ydi, deraza tomon qaradi. Tashqarida kuz shamoli barglarni uchirib yurardi.
Balki hammasi shunchaki mening xayolimdir, deb o’yladi u so’nggi marta. Lekin bu fikr, avvalgidek, uni tinchlantirmadi.
Maktabda
Tushlik payti tanish edi endi: uch kishilik stol, derazadan tushayotgan kuz quyoshi, va Emilining tinimsiz gapi.
— Bilasizlarmi, dadam meni haydovchilik guvohnomasi olishga qo’yishni istamayapti, — deb g’udranib o’tirardi Emili, taomini emaklab. — Aytadiki, “avval o’qishni tugat”. Go’yo o’qish bilan mashina haydash bir-biriga to’sqinlik qilayotgandek.
— Balki u sendan qo’rqadi, — dedi Edvard kulib. — Sen o’tgan safar velosipedda ham devorga urilib olgan eding.
— Bu boshqa gap! Velosiped bilan mashina orasida katta farq bor!
Emma ularga qarab jilmaydi. Bu kichik janjallar, bu ahamiyatsiz mavzular, unga g’alati tarzda tinchlantiruvchi ta’sir qilardi. Bu yerda hech qanday siluet, hech qanday ko’l, hech qanday sukunat yo’q edi, faqat kunlik hayot.
— Emma, sen jimsan, — dedi Emili birdan unga o’girilib. — Nima haqida o’ylayapsan?
Emma bir zum ikkilandi.
— Hech narsa, — dedi u. — Shunchaki charchadim.
— Uydan charchaysanmi? — Emili qoshini ko’tardi. — Sen tog’ang bilan yashaysan, dedingmi? Sherif bilanmi?
— Ha.
— U doim ishda bolsa kerak a?
— Ko’pincha, — dedi Emma, ovozida biroz og’irlik bilan. — Ishlari ko’p.
—Emma togang yani sherif juda kelishgan erkakku nega haligacha sevgani yoq?
—U deyarli oziga ham vaqt topa olmaydi.
—Emili bas emma qayerdan bilsin bu togasi qarori bolsa
Emmani noqulay bolganini edvard korib uni himoya qiliahga urindi lekin bu megadir galati tuyildi.
—Men nima dedim nega baqirasan?
Edvard bilan emili urishib gap talashib otirganda Emmani hayoli yana qayerlargadir ketib qoldi.
—Emma eahityapsanmi. Emma..
—Ha nima nima gap
—Hayoling qatta . Shahar markazida yangi kafe ochilgan, dam olish kunlari o’sha yerda o’tiramiz. Biz bilan borasanmi.
—Ha boraman barbiram kuni bilan uydaman.
— Unda ish top, — dedi Emili, yelka qisib. — Men ham yozda kafeda ishlaganman. Zerikmaysan, pul ham topasan.
Emma bu gapga bir zum jim qoldi, keyin sekin bosh irg’adi.
— Balki shunday qilarman.
Ertasi kuni, darsdan chiqib, Emma shahar markazi bo’ylab yura boshladi. Kuz shamoli derazalarga osilgan qog’ozlarni titratardi, ba’zilarida “Ish kerak” deb yozilgan edi. U bir necha do’kon oldida to’xtadi: kiyim do’koni, kitob do’koni, kichkina kafe.
Kafening derazasida oddiy, sarg’aygan qog’ozda shunday yozuv bor edi: “Ofitsiant kerak. Kechki smena.”
Emma bir zum eshik oldida turib qoldi, ichkariga qaradi. Iliq yorug’lik, kofe hidi, past ovozda yangrayotgan musiqa. Bu yer unga notanish tuyulmadi, aksincha, oddiy, xavfsiz.
Umumiy dars
Katta minoraning eng katta o’quv xonasi baland gumbazli, devorlarida qadimiy xaritalar va g’ayritabiiy tarix rasmlari osilgan edi. O’qituvchi, keksa, qattiqqo’l ayol, ism-familiyasi doskaga yozilgan holda kutib turardi: Professor Grimshaw. Yangi kelganlar uchun umumiy tarix.
— Bugungi mavzu, — dedi u, ovozi zalning har chekkasiga yetib borardi, — uch qanotning birlashishi tarixi. Shuning uchun bugun harhil qanot vakllari juft juft bolib amaliyot qilib organazizlar.
Sinfda past shovqin ko’tarildi. Liam orqa qatorda o’tirar, hali ham kechagi ovqat sahnasidan keyin ba’zilar unga achchiq kulib qarab qo’yardi.
— Juftliklarni men o’zim belgilayman, — davom etdi Grimshaw, ro’yxatni ochib. — Bahslashish yo’q.
U ismlarni o’qiy boshladi. Har bir juftlik e’lon qilinganda, sinfning u yoki bu burchagida xo’rsinish yoki xitob eshitilardi.
— Liam… — Professor bir zum to’xtadi, ismlarni tekshirib. — Va Fiona Bennet.
Liamning yuragi bir soniyaga to’xtab qolgandek bo’ldi. U orqasiga o’girildi. Fiona, sinfning old qatorida o’tirgan, sekin boshini ko’tardi, ko’zlarida biror hissiyot ko’rinmasdi, faqat sovuq bir tan olish.
— Yo’q, — dedi u ovoz chiqarib.
— Kechirasiz? — Grimshaw ko’zoynagi ustidan qaradi.
— Boshqa birortasini bering. Har qanday kishini. Hatto Markusni bo’lsa ham.
Sinfning narigi chetidan Markus xafa bo’lib qichqirdi:
— Hey!
— Yo’q, Miss Bennet, Markus miss Jean bilan boladi.— dedi Grimshaw qat’iy ohangda.
—Nima osha qonxor bilanmi hechqachon . Barkus bu gapni shu darajada baqirib aytdiki hamma unga tikilib qoldi.
—Markus odopsizlik qilma.
—Xavotir olma bolakay seni yemayman. Markusni qorquvini korib Jean shu darajada jifdiy bu gapni aytdiki hamma galati bolib ketidi lekin kwyin jean kulganidan keyin hamma kulib yuborma.
— Juftliklar o’zgarmaydi. Bu sizlarning shaxsiy afzalliklaringiz uchun emas.
Dars tugagach, ular ikkalasi kutubxonaning eng chekka stoliga o’tirishga majbur bo’lishdi, oralaridagi masofa iloji boricha katta bo’lsin, deganday.
— Xo’sh, — dedi Liam, qog’ozlarini yozib, jilmayib. — Qanday hamkorlik qilamiz, Bennet? Sen yozasan, men jim o’tiraman, yoki men yozaman, sen meni tanqid qilib o’tirasanmi?
— Ikkalasi ham yomon emas, — dedi Fiona, kitobni ochib, unga qaramasdan. — Lekin ikkinchisi menga ko’proq yoqadi.
— Ajabo, qanday hurmat.
— Sendan hurmat kutmayman. Faqat baho kerak, — Fiona sahifani varaqladi. — Uch qanotning ittifoqi haqida yozishimiz kerak. Sen bilasanmi, umuman, bu qanotlar qachondir birlashgan bo’lsa?
— Otam aytishicha, ular hech qachon haqiqiy ittifoqchi bo’lmagan, — dedi Liam yelka qisib. — Faqat bir-birlarini kerak bo’lganda ko’tarib turishadi.
Fiona bir zumga unga qaradi, birinchi marta biroz qiziqish bilan.
— Bu haqiqatga yaqin, — dedi u. — Afsungarlar tarixida ham xuddi shunday yozilgan. “Zaruriy ittifoq”, deb atashadi. Chiroyli so’z, ammo ma’nosi: bir-birimizga ishonmaymiz, faqat kerak bo’lganda yordam beramiz.
— Sen buni yoddan bilasan?
— Men kitob o’qiyman, — dedi Fiona sovuqqina. — Sen esa, aftidan, faqat hikoya tinglaysan.
— Hechbolmasa meni hikoyalarim qiziqarli.
— Hechbolmasa meniki to’g’ri.
Liam kulib yubordi, o’zini to’xtatolmadi. Fiona unga g’ijindi, lekin uning lablarida ham, bir zumga, deyarli ko’rinmas bir tabassum o’tdi, keyin darhol yashirdi.
Ular ancha vaqt shu tarzda ishladilar: Fiona yozar, Liam gapirar, ikkalasi ham bir-biriga achchiq gaplar otishardi, lekin g’alati tarzda, ish oldinga siljiy borardi. Soat yarim tunga yaqinlashganda, kutubxonachi ularga chiroqlarni o’chirish vaqti kelganini eslatdi.
— Ertaga davom ettiraman — dedi Fiona, qog’ozlarini yig’ishtirib. — Yaxshisi kel ekklamiz ham alohida alohida shugulanamiz shunisi yaxshi?
—Menam zen bilan dara qilaman deb kozim uchib turgani yoq lekin professor birgalikda qilinglar degan?
—Menga barbir mendan uzoqroq yur alohida tayorlanamiz tamom
— Unda mavzularni bolishib olish kerak
Fiona javob bermadi, faqat ko’zlarini aylantirdi va ketib qoldi. Liam esa uning ortidan qarab qoldi chunki savoli javobsiz qolgandi.
Kechki suhbat
Brain o'sha kuni odatdagidan ertaroq qaytdi. Soat hali o'n birga yetmagan edi. Eshik ochilib, kalitlar tokchaga taraqlab tushganda, Emma oshxona stolida o'tirgan edi, oldida sovib qolgan choy.
— Hali uxlamadingmi? — Brain plashini ilgakka osdi. Ko'zlari qizargan, yuzida bir kunlik soqol.
— Uyqim kelmadi
Brain bir zum to'xtab qoldi. Bu uyda uni kutadigan odam ilgari bo'lmagan. U jimgina stolga yaqinlashib, o'tirdi.
— Nima gap?
— Tog'a, men ish topmoqchiman.
— Ish? — Brain qoshini ko'tardi. — Nega? Pul yetmayaptimi? Kartamdan...
— Pul uchun emas. — Emma barmoqlari bilan piyola chetini aylantirdi. — Darsdan keyin uyda o'tirishdan zerikdim. Biror ish bilan band bo'lsam, yaxshiroq bo'lardi.
Brain bir muddat unga tikilib turdi. Emma uning yuzida bir narsaning o'zgarganini ko'rdi: ayb hissi.
— Men seni yolg'iz qoldiryapman, — dedi u past ovozda.
— Yo'q, siz...
— Qoldiryapman, Emma. Buni bilaman.
Ikkalasi bir zum jim qoldi. Keyin Brain nafasini chiqarib, sherif ohangiga qaytdi:
— Qayerda ishlamoqchisan?
— Markazdagi kafe. Ofitsiant kerak ekan. Kechki smena.
— Kechki. — Brain bu so'zni takrorladi, go'yo og'ir narsani tortib ko'rayotgandek. —Nega kechki?
—Maktabdan keyin dars qilib ishga bemalol borishga ham ulguraman bu yaxshiku.
— Soat nechagacha?
— To'qqizgacha, deb yozilgan edi.
— To'qqizda juda kechku.
— Shahar markazida, tog'a.
Brain stolni barmoqlari bilan ikki marta taqillatdi. Uning qaror qilgan paytdagi odati edi bu.
— Mayli. Lekin shartlarim bor. Birinchidan: to'qqizdan kech qolmaysan. Ikkinchi: ishdan chiqishdan oldin menga yoz, o'zim olib ketaman. Agar kela olmasam, taksi chaqirasan, ozing piyoda ketmaysan.
— Xo'p.
— senga qatiq qolik qilib yubormayapmanmi. — Brain bir oz ikkilandi. — Bu yer yaxshi joy lekin har doimham emas Emma.
—Hammasi joyida toga tushunaman.
Emma beixtiyor derazaga qaradi. Qorong'ida ko'l ko'rinmasdi.
—Menga yana bir narsaga vada berishing kerak?
—Nimaga?
—Makatbda yaxshi oqiysan baholating tushmaydi!
Emma jilmayib, bosh irg'adi.
— Baholarim tushmaydi, va'da beraman.
Brainning lablarida kichik tabassum paydo bo'ldi.
— Xayrli tun, tog'a.
— Xayrli tun, kichkintoy.
U zinapoyadan chiqib ketgach, Brain bir muddat oshxonada yolg'iz qoldi. Keyin sekin derazaga yaqinlashib, qorong'ilikka tikildi, o'sha tomonga, ko'l va sim to'siq yotgan tomonga. Hech narsa ko'rinmasdi. Lekin u uzoq tikilib turdi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0