Hayotning mohiyati shundaki — sen o‘zligingdan uyalmasanggina, sen uchun eshiklar ochilar. Ⓐ
Yomg‘ir osmonni to‘ldirgan oqshom, ikki mamlakat chegarasida qonli va shiddatli jang kechmoqda. Samolyot ichida askarlarning tartibsiz ovozlari voqelikning aslini buzar edi. Shunda bir askarning xayoli jangda emas, u o‘z taqdiridan nolib kelayotgan edi.
U o‘ziga:
— Leon, nima uchun senga taqdir jang qobiliyatini in’om etmadi? Vaholanki, sen nima uchun jangdasan?
Birdan samolyotning qanotiga raketa urildi. Hamma parashyutdan sakramoqda, ammo Leonga parashyut yetmay qoldi. U jon talvasasida: «Men yashashim kerak!» — deya samolyotdan parashyutsiz sakradi.
Baxtiga, u o‘rmonning eng qalin qismiga, daraxtlarning shoxlariga urilgancha yerga quladi. Yomg‘ir shiddat bilan yog‘ar, atrof loy. Leonni esa badani tilingan-shilingan yaralaridan oqayotgan qon orqali bu yomg‘irni his etardi.
Leon o‘ziga keldi. U o‘ziga ming la’nat aytib, shunday dedi:
— Kechir, Ameliya, men Zulmat egalari armiyasida ham omadsizman.
Deya chuqur xo‘rsinib qo‘ydi va atrofga alanglab, uzoqdan qandaydir uysimon binoga ko‘zi tushdi. Yomg‘irdan pana bo‘lishi uchun o‘sha bino tomon harakatlandi.
U oyog‘ini zo‘rg‘a sudrardi. Bir amallab binoga yetib keldi. Bino oddiy uyga o‘xshardi, ichida esa bir dona shkaf, kamin, vayron bo‘lgan pol va o‘rgimchak uyalari ko‘p edi.
Leon:
— Jin ursin, bu yerda asrlardan beri hech kim yashamaydimi? — deb shkaf tomonga yo‘l oldi.
U yerdagi kitoblar shunchaki yaroqsiz holga kelgan edi. Ushlasa, xuddi qum kabi kaftdan to‘kilib ketardi. Leon esa biror yaroqli kitob bordir, yomg‘ir tinguncha va og‘riqlardan chalg‘ish uchun mutolaa qilmoqchi edi.
Barcha kitoblar rasvo edi, ammo bir kitobning ichidan bir maktub yerga tushdi.
Leon hayron bo‘lib:
— Qanday qilib katta-katta kitoblar yaroqsizlanib ketsayu, bu maktub hatto eskirmagan? Menimcha, bu sehr qobiliyati bor insonning maktubi, — deb uning ustiga yozilgan so‘zlarni o‘qidi.
Unda:
«Bino va maktub tanlangan inson uchun», — deb yozilgan edi.
U maktubni ochdi. Unda shunday yozilgan edi:
«Ba’zi sirlar sir emas. Olovning nafasi ila bunga shohid bo‘lursan».
Leon o‘ylanib, atrofga alanglay boshladi. U tushundi: u bunday jumboqlarni yoqtirar edi va o‘ylana boshladi. Shunda u kaminga qarab qotib qoldi. Unda g‘oya paydo bo‘ldi. Olov! U kaminga olov yoqdi.
Kamin qizib, mo‘risidan tutun chiqdi. Shu payt kamin tepaga siljib, yer ostiga tushadigan uzun zina ko‘rindi.
Leon shokda edi. U xursand, jumboqni yechdim, deya o‘ziga sig‘mas edi. Keyin u zinapoyalar bo‘ylab pastga tusha boshladi. Birdan atrof yorisha boshladi. Qarasa, bu yer maqbara va unda hali ham yorug‘lik manbai bor.
Leon to‘g‘ri maqbaraning markazi tomon, biror qurol yoki sehr kuchini beruvchi jihoz bordir, deya shoshilib bordi va bir eshikka ko‘zi tushdi.
Eshikka shunday yozilgan edi:
«Tojning asl egasi uchun xona».
Leon hayratlanib, ichkariga kirdi va ro‘parasida bir kitob havoda suzib yurardi. U kitobni ushladi va uni ochdi. Qarasa, ichida bir varoqda so‘zlar bitilgan. Leon uni o‘qishni boshladi.
«Insonlar tinchlik yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib, sayyorani asrab qolish uchun ikkita katta generator yaratdi. Biz ularga “Arven” deb nom berdik. Ular bir-biridan uzoqda: biri kun chiqar mintaqada, biri esa kun botar mintaqada. Lekin shuni bilingki, biz ularga o‘z mintaqasidan bo‘lgan insonlarni biriktirdik va bu qobiliyat avloddan avlodga o‘tib boradi.
Shunday ekan, vaqti kelib insonlar ajralib, bir-birlari bilan urush qilishsa va bir mintaqadagi insonlar boshqa mintaqadagi insonlar ustidan g‘alaba qozonib, ularni qirib yuborsa, bilingki, dunyo uch kun ichida falokatga yuz tutadi.
Endi esa shu kitobni o‘qiyotgan insonga aytmoqchi bo‘lganim: sen men kabisan. Senga dunyoni ishonib topshirmoqchiman. Uni himoya qil. Bilib qo‘y, dunyoni kuch emas, aql boshqaradi».
Hurmat bilan, «Buyuk Karl».
Leon karaxt ahvolda edi.
Leon:
— Jin ursin, Buyuk Karl! Axir bu insonlarni birlashtirgan birinchi va oxirgi qirol-ku!
Shundan so‘ng favqulodda vaziyat qo‘ng‘irog‘i chalina boshladi va maqbara qulash arafasida edi. Leon zudlik bilan ortiga qaytdi. U jon-jahdi bilan zinapoyalardan tepaga yugurib, binoga chiqdi, lekin bino ham qulash arafasida edi. Shunday qilib, u bu yerni tark etdi.
Yomg‘ir sekinlashib qolgan edi. U o‘rmon oralab yurib ketardi. Birdan bir jasadni ko‘rib qoldi. Yugurib, u jasad tomon yaqinlashdi. U qiz bola edi: sochlari sariq, qo‘ng‘iroq egnida futbolka, shim, poyabzal.
Leon shoshilib, uning yurak pulsini bilish uchun qizning tomog‘iga ikkita barmog‘ini qo‘ydi. Qiz tirik, shunchaki hushsiz edi.
«Balki u ham men kabi Zulmat egalari armiyasidandir. Uni ko‘tarib, pana joy qidira boshladi».
Leon pana joy topdi, gulxan yoqdi va egnidagi yomg‘ir o‘tkazmaydigan maxsus kiyimni qizning ustiga yopib, o‘zi ham chuqur xayollar surib uxlab qoldi...
Ⓐ
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0