Bulutli tunlar
Kuzning yomgʻirli pallasi. Daraxtlarning barglari sargʻayib, allaqachon tushib toʻkildi. Biroq his-tuygʻular davom etadi. Qiz 2-kurs talabasi, texnikumda oʻqiydi. Ismi Jamila. Yigit oʻqimaydi. Onasidan ayrilgan, otasi ichkilikka berilib qolgan. Uning ismi esa Davron. U kun-u tun moykada ishlaydi. Otasiga ming ichmang degani foydasiz. Ammo shunda ham otasiga qattiq gapirmasdi. Xullas ular 1,5 yildan buyon munosabat qilib kelishardi. Jamilaning otasi qattiqoʻl, onasi esa boshqa onalardek mehrli! Jamila oʻqishdan keyin 10 daqiqa dam oladi. Ungacha uyga borishi shart. Otasi shuni buyruq deb biladi. Bir kuni ular uchrashishdi. Davron unga moychechak haqda qildi. Jamila uchun sovgʻaning katta-kichikligi yoki qimmat-arzonligining farqi yoʻq, xursand boʻlaveradi. Birdan Jamila: - Nega kech qoldingiz, axir atigi 10 daqiqa vaqtim bor deganmanku. - Eey, mijozlar koʻpayib ketdida. Otang menga seni berarmikin? - Balki. - Men harakat qilaman, kerak boʻlsa sen uchun duelga ham tushaman. - Ey nega bunday deysiz? - Axir otang har ishga ham ruxsat beravermaydiku. - Koʻramizda. - Nima qilsam ham otamni ichkilikdan qutqarolmayapman. - Unda pul bermay turing boqmay turing, shunda ichkilikni tashlashi mumkin. - Pul bermasam ham qayoqlardandir topib keladilarda. - Unda men bilmadim. Ularning suhbati uzoqqa choʻzilmadi. Darrov ikki tomonga tarqalib ketishdi. Jamila uyiga atigi 10 daqiqa kechikkandi, otasi rosa koyib berdi. Kechki ovqatni tanovul qilganan soʻng uyquga yotdi. Tong. Xoʻroz tomogʻi boʻgʻilguncha qichqirdi. Jamila soat 07:30 da uygʻondi. Juma kuni edi, imtihonga kirdi. Davron esa allaqachon ishda, mijozlar koʻp. Tushdan soʻng odatdagidek uchrashishdi. Davron bu safar quruq qoʻl bilan uning yoniga kechikmasdan keldi. Oʻrtacha vaqtgacha suhbatlashishdi. Oradan haftalar, oʻylar shu tariqa oʻtardi. Lekin odatiy kun. Davron koʻzdan beri Jamila bilan koʻrishmadi. Otasining ahvoli ichkilik sabab ogʻirlasha boshladi. Shuning uchun koʻp uchrashmadi. Ehh, ungayam qiyin, bu yoqda ozor, bu yoqda otasi... Pulini koʻp yillar davomida uyimiz uchun deb yigʻib kelardi. Shu pulni ishlatish vaqti keldi. Nima uchun deb oʻylaysiz? Afsuski pul otasining ogʻir operatsiyasi uchun edi. Ikki-uch kun oldin otasi uyda yotib qoldi. Davron yigʻib qoʻygan pul ham yetarsiz edi. Unga shifokor: - Otangizga dori zarur, sizning pulingiz yetmayapti. - Axir pul 3 millionga yaqin ediku! - U operatsiya uchun edi, yarmi doriga ketdi, hammasini ololmadik. - Ha mayli, bir amallardan deb yoʻlga otlandi. Zoʻrgʻa qarz olib-olib, pulni olib kelganida... olib kelganida otasi jonini topshirib boʻlgan edi. U hushini yoʻqotib qoʻydi. Shifokorlar uni oʻziga keltirishdi. - Otamga nima boʻldi? - Otangiz bu biri kam dunyoni tark etdilar. - Nima, nima deyapsiz? Unday boʻlishi mumkinmas, eshityapsanmi undaymas, - Bolam Alloh bergan kunni baribir boshingdan oʻtkazarkansanda, senga sabr oʻgʻlim. Hali hammasi oldinda, qoʻy siqilmagin. - Qanday qilib siqilmay, onaginam, otajonim, nevara koʻrmagan, baxt koʻrmagan davlatim. * * *
Oradan 2-3 oy oʻtdi. Endi oʻziga kelayotganida yana baxtsizlik. Ya'nikim u Jamila bilan munosabatlarni endi toʻgʻrilamiqchi boʻlganida otasi uni boshqa boyroq, yaxshiroq insonga turmushga berdi. Buni eshitgan Davron, bu dunyo xiyonatkor va biri kamligini yana bir bor anglab yetdi. Bu tirik jon boshidan qay kunlarni oʻtqazmadiya, shoʻrlik. Vaqt shu tariqa oʻtib borar edi. U qaridi yoshi 30-35 yoshlarga yetib qoldi. Bechora, uylanolmadi ham. U borgan sari otasiga oʻxshab ketayotgan edi. Ichkilikka qattiq berilib qoldi. Bir kuni tush paytida soʻng, mast holida qabriston tomonga burildi. U onasiga butun dardini sochgisi kelar, tizzasiga boshini qoʻyib yigʻlagisi kelardi. Afsuski bu dunyoda hech kimi yoʻq. Otasi va onasining qabri yonma-yon edi. U hozir na yigʻlashni na kulishni. U birdan: - Ona, ota sizni juda sogʻindim. Qaniydi hozir koʻksimni yulib yuragimni sizlarga olib bersam. Bu hayotda omad koʻrmasang yoki baxt koʻrmasang yashaging ham kelmay qolarkan. Ona bilasizmi, kecha ayvonda oʻtira-turib, osmonga boqdim. Tun boʻlsa ham bulutlar yoʻlida davom etayapti. Onajonim, bu manzarani men yetolmagan baxtimga oʻxshataman. Nega, bilasizmi? Chunki bulutlar kunduz paytida chiqadi, tun esa qorongʻuda. Men bulutman, Jamila esa tun. Aslida bulutlar kunduzi chiqishadi, biroq men ya'ni bulut haliyam tunni ya'ni Jamilani yonida yurganday oʻzimni bulutga oʻxshataman. Men buni bulutli tunlar deb nomladim. Qalay? Onajon, otajon sizlarga maʼqulmi? Yoqqanidan xursandman. Ehh, bulutli tunlar, bulutli tunlar dedi Davron. Bu gapini uzoq takrorladi. Birdan boshi egilib pastga yiqildi. Buni koʻrgan qabriston qoʻriqchisi Turgʻun bobo: - Bolam, nima boʻldi deb yuz- koʻzlariga tegdi. Va shunda Davron soʻnggi soʻzlarini aytdi: - Jamilani kutaman, koʻrsangiz ayting men u uchun doimo bulut boʻlib qolaman deya bu dunyodan koʻz yumdi. Davronning ham qirqi oʻtdi. Jamila uning mozoriga borishga qaror qildi. Borganida Tutun boboni koʻrdi. Turgʻun bobo unga: - Ehh, shunday chin sevgingni yoʻlda unutib qoldiribsan qizim deya Davronning qabristondagi barcha soʻzlarini eshitgan ekan, unga soʻzlab berdi. Buni eshitgan Jamila yigʻiga tushdi. Uning qabri yoniga borib, uzundan-uzoq kechirimlar soʻrab, duolar oʻqib, ohista qadamlar ila ul yerni tark etdi. Ammo kechirimlar endi befoyda edi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0