Hayotda ziddiyatlar ko‘p: kecha va kunduz, oq va qora, yaxshi va yomon. Biroq bu qarama-qarshiliklar ikki inson o‘rtasida bo‘lsa-chi? Hilol kitob o‘qishga mukkasidan ketgan qiz. Sevimli nashriyotlari chiqargan yangi kitoblar premyerasini o‘ylab ko‘ziga uyqu kelmaydi, topgan pulini esa yemay-ichmay faqat kitoblarga sarflaydi. Uning "bitta kitob olaman, xolos" degan gapiga kitob do‘konining kassiri ham ishonmaydi. Xolid esa butunlay boshqa dunyoda yashaydi. U har bir ishni oldindan rejalashtiradigan, hayotga real qaraydigan yigit. Uning lug‘atida "kutilmagan" degan so‘zga o‘rin yo‘q. Hatto daftarida "ertaga ob-havo yomon bo‘lsa" degan alohida bet ham bor. Xo‘sh, bu ziddiyatlar xuddi magnitdek bir-biriga tortiladimi, yoki tabiat qonuni kabi, biri kelsa, boshqasi ketadimi?