16.09.2020 chorshanba
Hamma joyda karantin sabab maktab kech boshlandi.Maktabning ikkinchi kuni.Asmo 10-sinf boʻlib maktabga bordi.Lekin oldingi sinfdoshlari emas boshqa sinfdoshlar bilan birga oʻqishni boshladi.Sababi maktabidagi 3 ta sinf oʻquvchilaridan koʻpi kollejda oʻqish uchun maktabda qolmagani sababli 3 ta sinfda qolgan oʻquvchilarni bitta 10-"A" sinf deb birlashitrgandi.Karantin sabab oʻzining eski sinfdoshlaridan koʻplari kelmagan edi,lekin bazilari bor edi.Asmo xonaga kirdi va u ilk bor bu maktabga kelganida ham bunchalik hayajonlanmagandi.Yangi odamlar orasida oʻzini yolgʻiz his qildi.Hamma sinfdoshlari paralel sinfdosh boʻlsa ham tabiatan Aslo odamlar bilan tez kelishib ketolmasligi uchun,ularni tanimasdi.Balki dugonasi Maryam yonida boʻlmagani uchun oʻzini yolgʻiz his qilgandir... Tugʻilgan kuniga 3 kun qolgan,Asmo 10-sinfda oʻqisada tugʻilgan kunini yosh bolalarday havas bilan kutardi.Har yili oʻsha kunda yoʻlida uchragan hamma odamlar uni tugʻilgan kuni bilan tabriklaydigandek tuyilardi. Xullas hayotida eng baxtli kuni tugʻilgan kuni deb oʻylardi.Inson oʻz tugʻilgan kunini shunchalik yoqtirmadim?!
Asmo judayam sodda,odamovi,yolgʻizlikni sevuvchi,chin sevgi nima ekanini bilmaydigan,kimdir sevgi izhor qilsa u odamdan qoʻrqib yashaydigan darajada sodda qiz edi.Oʻzining bir dunyosi bor edi,uni hech kim bezovta qilmasa shu dunyoda bir oʻzi yashashni xoxlardi.
Shu kunlarda uyida bir muammo bor edi.Ota-onasi plastik kartasini yoʻqotib qoʻyib hech yerdan topa olmayotgandi.Shu sabab uyida janjal ham boʻlayaotgandi.Oxirgi marta uni Asmo ishlatgan va hamma ayb Asmoda deb qarashardi.Uni savdo qilgan doʻkoniga qayta qayta joʻnatdi lekin baribir topilmadi.Shu bilan bu plastik karta hech qachon topilmadi...Lekin bir insonni koʻnglini ogʻritib,uni aybdor qilishgani qoldi.Vaqtlar oʻtib Asmoning onasi Oisha opa oʻzi qayergadir qoʻyganini lekin eslolmay aybni Asmoga toʻnkaganini tan olgandi.Asmo oilada katta farzand,katta nabira.Barcha masʼuliyat unda edi.Oilasida hech kim oʻqimagan,lekin oʻqigan odamni juda hurmat qilishar,farzandlari oʻqishi uchun barcha sharoitni yaratib berishga ota-onasi tayyor edi.Alloh ota-onasidan rozi boʻlsin.Bu qilgan savobi uchun farzandlari jannatda toj kiydirsin.
17.09.2020
Bugun va nihoyat 7 oylik ayriliqdan keyin Asmoning eng yaqin deb bilgan dugonasi Maryam maktabga bir kunga keldi.Asmo juda ishonuvchan,hamma narsani koʻp oʻylaydigan(bu odati ulgʻayib ham qolmadi),hissiyotga juda beriluvchan qiz edi.Maryamdan yaqin,ishongan odami yoʻq deb bilardi.
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0