Ba’zan hayotimizdagi eng muhim insonlarni tasodifan uchratamiz. Men ham Uni
tasodifan uchratganman. Bir do‘stim sabab. O‘sha paytda U haqida deyarli hech narsa
bilmasdim. Ovozini ham eshitmaganman. Tabassumini ham ko‘rmaganman. Kelajakda esa
U mening hayotimdagi eng muhim insonlardan biriga aylanishini tasavvur ham
qilmaganman.
Do‘stim Uni tanishtirgan kuni hammasi oddiy edi. Oddiy salomlashuv. Oddiy suhbat.
Oddiy kun. Ammo inson taqdirining qaysi nuqtada o‘zgarishini hech qachon bilmaydi.
O‘sha kun ham shunday kunlardan biri edi.
Avvaliga oddiy do‘st bo‘ldik. Yozishib turardik. Ba’zan kulardik. Ba’zan bahslashardik.
Ba’zan esa shunchaki kunimiz qanday o‘tayotganini so‘rardik. Shunday bo‘lsa ham, vaqt
o‘tgan sari Uning xabarlari men uchun odatga aylandi. Telefonim jiringlasa, yuragim
beixtiyor tezroq ura boshlardi. U yozmasa nimadir yetishmayotgandek tuyulardi. Boshida
1 bu hislarni tushunmasdim. Lekin vaqt o‘tgan sari hammasi aniq bo‘la boshladi. Men Unga
o‘rganib qolayotgandim.
Maktab yonidagi uchrashuvlarimiz ham ko‘payib bordi. Ba’zan darsdan keyin. Ba’zan
yo‘lakda. Ba’zan esa bir necha daqiqaga. Ammo o‘sha qisqa uchrashuvlar ham kunimning
eng yaxshi qismiga aylanardi. Uni ko‘rganimda kayfiyatim ko‘tarilardi. Kulsa men ham
kulardim. Xafa bo‘lsa yuragim siqilardi. Shunda tushundim. Bu oddiy do‘stlik emas edi. Bu
asta-sekin muhabbatga aylanayotgan edi.
“Muhabbat ba’zan bir qarashda emas, minglab kichik lahzalar ichida tug‘iladi.”
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
0