
ASTERION OLAMLARI
1—qism — 01:01
"Ba'zi eshiklarni odamlar topmaydi. Eshiklarning o'zi kimnidir tanlaydi."
Shahar odatdagidek gavjum edi. Mashinalar shovqini.
Yomg'ir tomchilari.
Ko'cha chiroqlari.
Hech kim osmonga qaramasdi. Hech kim sezmasdi...
Bu tun boshqalaridan butunlay farq qilishini.
Aria universitet kutubxonasidan kech qaytayotgandi.
Qo'lida eski xarita haqidagi kitob. Qulog'ida naushnik.
Ammo birdan...
Naushnikdagi musiqa o'z—o'zidan to'xtadi.
Telefon ekrani qorayib qoldi.
Soatga qaradi.
01:01
Sh U Olñ...
ko'chaning narigi tomonidagi barcha mashinalar bir zumda qotib qoldi.
Yomg'ir tomchilari ham havoda osilib qoldi.
Hatto shamol ham esmay qo'ydi.
Goʻyo vaqt nafas olishni unutgandi.
Aria qo'rqib atrofga qaradi.
— Nima...
bo'lyapti?..
Hech kim qimirlamasdi.
Ko'cha o'rtasidagi mushuk ham haykaldek qotib qolgandi.
U ehtiyotkorlik bilan oldinga yurdi.
Mashina yoniga bordi.
Haydovchi ko'zini ham pirpiratmay o'tirardi.
Aria uning yelkasiga tegdi. Hech qanday reaksiya yo'q. Birdan...
Tak...
Tak...
Tak...
Qadam tovushi eshitildi.
Lekin bu tovush Aria ortidan kelayotgandi. U sekin ortiga o'girildi.
Ko'chaning oxirida bir yigit turardi. Taxminan yigirma yoshlar atrofida. To'q kulrang uzun palto kiygan.
Yelkasiga osilgan charm sumka.
Qo'lida esa g'alati billur kompas bor edi. Uning ko'zlari...
oddiy ko'zlar emasdi.
Ularda xuddi yulduzlar
harakatlanayotgandek edi.
Yigit xotirjam yurib keldi.
Atrofdagi muzlagan vaqt unga umuman ta'sir qilmayotgandi.
U Aria oldida to'xtadi.
— Demak...
nihoyat seni topdim.
Aria bir qadam ortga chekindi.
Siz kimsiz?
Yigit javob bermadi.
U qo'lidagi billur kompasga qaradi. Kompasning mili Ariaga ishora qilardi. Yigit chuqur xo'rsindi.
Demak, xato qilmagan ekan.
Aria jahl bilan so'radi:
Nima haqida gapiryapsiz? Atrofga qarang!
Vaqt to'xtab qolgan!
Yigit xotirjam jilmaydi.
Yo'q.Vaqt to'xtamadi.Faqat sen undan chiqib ketding.
Bu javob Ariani yanada hayratga soldi.
Shu payt...
osmonda g'alati yoriq paydo bo'ldi. Avval ingichka chiziq.
Keyin u kattalasha boshladi. Yoriq ichida yulduzlar emas... boshqa osmon ko'rinardi.
Binafsha rang. Uchayotgan orollar.
Va havoda suzib yurgan ulkan eshiklar...
Aria ko'zlarini uzolmay qoldi.
Bu tushmi?
Yigit boshini chayqadi.
Yo'q.Bu...
Asterion.
Birdan billur kompas qattiq porlay boshladi. Yigitning chehrasi birdan o'zgardi.
U osmonga qarab pichirladi:
Yo'q...
ular bizni topibdi.
Aria hech narsani tushunmay turardi.
Kim?
Yigit javob berishga ulgurmadi.
Osmondagi yoriq ichidan ulkan qora qo'l chiqdi.
Uning barmoqlari osmonning o'zidan ham kattaroq edi.
Qo'l to’g’ridan—to’g'ri...
Ariaga qarab cho'zildi.
Yigit bir lahzada uning qo'lidan ushladi.
Yugur!Agar ular ismingni aytishga ulgurishsa...
sen bu dunyoga endi hech qachon qaytolmaysan!
Aria yugurishni boshladi.
Orqasida esa butun osmon parchalanayotgandi...
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Oʻqishga arzidi💯
🩵🩵
Fantastikaga gap yoq
Katta rahmat xursandman🩵
Asarlariz menga juda yoqib ketayapti
Bundan xursandman❤️
Haqiqiy fantastikaa✨
Yoqqanidan xursandman
Izohlar
12tushunarsiz yomon emas lekin chozmasdan voqeani tez tez yozish kere shunda kopro qiziqish boʻladi oʻz boʻlib qolibdi
Avvaliga ham qismini birdan bitta bob qilib joylangan edi oʻsha paytda oʻqiganingizda qanday chiqqani koʻrgan boʻlardiz bu hali bittagina qism qayta joylandi qolganlari hali joylanmadi
Fantaziyezga qoyilman, zo’r chiqibti. Yana asarlarizninkutib qolamiz. Keyinga asarlarizda olam tuzilishi haqidayam ko’proq yozsez zor bolardi
Yoqqanidan xursandman bugun yana yangilar chiqadi 🩵 Idea uchun rahmat 🩵