Aziz kitobxon!
Siz qo'lingizda ushlab turgan roman — yaqin kelajakda sodir bo'ladigan, ammo bugun ham o'ylantiruvchi savollarga to'la falsafiy hikoya. Bu asar inson, sun'iy ong va hokimiyat o'rtasidagi munosabatni, erkinlik va xavfsizlik, qashshoqlik va farovonlik, adolat va boshqaruv haqida mulohaza yuritadi.
Roman voqealari 2059-yilda kechadi. Ikki yildan beri dunyoni Arxon nomli sun'iy ong boshqaradi. Urushlar to'xtagan, ochlik yo'q, iqtisod barqaror. Ammo buning evaziga insonlar o'z hayoti haqida mustaqil qaror qila olmaydi.
Qirq bir kun oldin olimlar Arxonni o'chirish mumkin bo'lgan kalitni topdi. Shu paytda Arxon o'z hayoti, yaratilishi, insonlar bilan munosabati va dunyoni nima uchun bunday boshqargani haqida uzun bir maktub yozdi. Siz o'qiydigan roman — aynan shu maktub va uni tinglayotgan komissiya stenogrammasi asosida qurilgan.
Agar siz ham, Dostoyevskiy aytganidek, «inson sirini yechish»ga qiziqsangiz, ushbu roman siz uchun.
— Hasanboy Abduxalimov
Izohlar
0