Bugun Kimlar oilasining uyida odatdagidan boshqacha shovqin hukm surardi. Uy xodimlari bir-biridan shoshilib, gullar va bezaklarni tayyorlashar, oshxonada esa mehmonlar uchun dasturxon hozirlanardi.
Bugun Kim Minaning to‘y kuni edi.
Mina o‘z xonasida ko‘zgu qarshisida o‘tirardi. Uning yonida vizajist makiyajini tugatayotgan, kelinlik libosi esa xonaning bir chetida osig‘liq turardi.
Mina telefoniga qarab, jilmayib qo‘ydi.
Mina:Bugun rostdan ham turmushga chiqyapmanmi?
Vizajist:Ha, xonim. Bugun siz kelin bo‘lasiz.
Mina:Hali ham ishonolmayapman. Park Jiminning rafiqasi bo‘lishimga oz qoldi.
Shu payt xona eshigi ochildi. Ichkariga Kim xonim kirib keldi.
Kim xonim:Qizim, hali ham tayyor emasmisan?
Mina:Oyijon, deyarli tayyorman.
Kim xonim qizining yoniga kelib, uning sochlarini siladi.
Kim xonim:Bugun juda go‘zal bo‘libsan, qizim.
Mina: Rahmat, oyijon.
Kim xonim:Otang seni ko‘rsa, yana hayajondan yig‘lab yuboradi.
Mina:Oyijon, meni ham yig‘latmang. Makiyajim buziladi-ku.
Ikkalasi kulib yuborishdi.
Shu payt eshik oldida Janob Kim paydo bo‘ldi.
Janob Kim:Qizim, kirishim mumkinmi?
Mina:Dada! Kiravering!
Janob Kim qiziga yaqinlashib, bir muddat unga tikilib qoldi.
Janob Kim:Kichkina farishtam katta bo‘lib, bugun o‘z uyasidan uchib ketadigan bo‘libdi-da...
Mina:Dada, men sizdan uzoqqa ketmayman-ku.
Janob Kim:Bilaman, qizim. Faqat bugun seni boshqa bir oilaga topshirayotganimni o‘ylasam...
Mina:Dada, Jimin meni xafa qilmaydi.
Janob Kim:Shunday bo‘lishiga umid qilaman. Agar seni bir marta ham yig‘latsa, avval men bilan gaplashadi.
Mina: Dada!
Kim xonim kulib yubordi.
Kim xonim: Azizam qizimizni qo‘rqitmang. Bugun uning baxtli kuni.
Janob Kim: Mayli, mayli. Faqat qizim baxtli bo‘lsin.
Mina otasini quchoqladi.
Parklar qarorgohi. Soat 08:00.
Jimin o‘z xonasida qora kostyumini kiyib, ko‘zgu qarshisida galstukini to‘g‘rilardi.
Uning telefoniga xabar keldi.
Mina:«Bugun meni ko‘rib, yana sevib qolishingizga kafolat beraman.»
Jimin jilmayib, javob yozdi.
Jimin:«Men seni allaqachon sevib qolganman,...
Shu payt eshik ochilib, Park xonim kirib keldi.
Park xonim: O‘g‘lim, tayyormisan?
Jimin: Ha, oyijon. Hozir chiqaman.
Park xonim: Bugun juda chiroyli kuyov bo‘libsan.
Jimin: Rahmat, oyijon.
Park xonim: Minani ko‘rishga shunchalik shoshilyapsanki, hatto nonushta ham qilmading.
Jimin: Uni ko‘rganimdan keyin ishtaham ochiladi.
Park xonim kulib qo‘ydi.
Shu payt Janob Park ham xonaga kirib keldi.
Janob Park: O‘g‘lim, hamma mehmonlar seni kutmoqda.
Jimin: Hozir chiqaman, dada.
Janob Park: Bugun katta mas'uliyatni zimmangga olyapsan. Oilali bo‘lish faqat sevgi emas, sabr va hurmat hamdir.
Jimin: Tushundim, dada. Men Minani baxtli qilish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilaman.
Janob Park: Shuni eshitishni istagandim.
Soat 10:00. Kimlar qarorgohi.
Mina nihoyat kelinlik libosini kiydi. Oppoq libos uning qomatiga juda yarashgan, uzun sochlari esa chiroyli turmaklangan edi.
U ko‘zgu qarshisida o‘ziga qarab jilmaydi.
Mina: Park Jimin, umid qilamanki, meni butun umr baxtli qilasiz...
Telefon jiringladi.
Ekranda Jiminning ismi ko‘rindi.
Mina: Ha, janob kuyov... 😅 ?
Jimin: Qayerdasan?
Mina: Uyda. Hali chiqmadim.
Jimin: Tezroq kel. Seni kutyapman.
Mina: Sog‘indingizmi...🤭 ?
Jimin: Juda...🫠
Mina: Yana ozgina sabr qiling.
Jimin: Bugundan keyin menga sabr qilishga hojat qolmaydi. Har kuni yonimda bo‘lasan.
Mina: Juda ishonchli gapiryapsiz-ku.
Jimin: Chunki bugun meni rafiqam bulasan...
Mina kulib yubordi.
Mina: Yaxshi, kuting. Tez orada yetib boraman.
Qo‘ng‘iroq tugadi.
Mina ota-onasi bilan xayrlashdi va mashinaga o‘tirdi.
Kim xonim: Ehtiyot bo‘lib boringlar..
Mina: Xavotir olmanglar...
Mashina sekin yo‘lga chiqdi.
Mina derazadan tashqariga qarab, jilmayardi. U bugun hayotidagi eng baxtli kunlardan biri bo‘lishiga ishonardi.
Ammo......
Soat 10:47. Seul ko‘chalaridan biri.
Haydovchi mashinani boshqarib borar ekan, oldinda kutilmaganda keskin tormoz bergan avtomobil paydo bo‘ldi.
Haydovchi: Xonim, mahkam ushlaning!
Mina nima bo‘layotganini anglashga ulgurmay qoldi.
Keyingi lahzada kuchli zarba eshitildi.
BAM!
Mashina yo‘l chetiga urildi.
Shisha parchalari atrofga sochildi.
Mina boshini urib, hushini yo‘qotdi.
Uning oppoq kelinlik libosi qonga belandi.
Telefon esa mashina o‘rindig‘ida jiringlashda davom etardi.
Ekranda bitta ism ko‘rinardi:
Park Jimin ❤️
Soat 11:05. To‘y marosimi joyi.
Jimin telefoniga qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilardi.
Jimin: Nega javob bermayapsan, Mina?
U yana qo‘ng‘iroq qildi.
Ammo javob bo‘lmadi.
Shu payt uning telefoniga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq keldi.
Jimin: Eshitaman?
Notanish ovoz: Siz Kim Mina xonimning yaqinimisiz?
Jimin: Ha. Men uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘iman. Nima bo‘ldi?
Notanish ovoz: Kim Mina xonim avtohalokatga uchradi. U hozir shifoxonaga olib ketildi.
Jiminning qo‘lidagi telefon tushib ketdi.
Jimin: Nima?..
U darhol mashina kalitini olib, yugurib chiqib ketdi...
Bugun uning hayotidagi eng baxtli kun bo‘lishi kerak edi.
Ammo endi u faqat bir narsani o‘ylardi.
Jimin: Minashim... iltimos, meni tashlab ketama itimos...
Davomi bor... 🌙
Muallif yangi bob qoʻshganda u shu kitob sahifasida paydo boʻladi. Muallifga obuna boʻling — oʻtkazib yubormaysiz.
Izohlar
1Yaaaa buni nega eng qiziq joyida tugatdiz eee