Men — Neriel. Adabiyotga oshno, qalbida turli olamlarni yashirgan yosh ijodkorman. Qalamim orqali sirli voqealar, inson ruhiyatining qorong‘i burchaklari va yurakdagi hislarni tasvirlashni yaxshi ko‘raman. “Qora Qaqnus Soyasi” va “Mangu zulmat” asarlari ijodimning muhim qismidir. Men uchun yozish — shunchaki hobbi emas, balki qalbimning ovozi.